Aziz kitobsevar do‘stlar!
23-27 oktabr kunlari Resublikamizda “Infolib O‘zbekiston -2023” XII Milliy axborot-kutubxona xaftaligi va III yosh kutubxonachilar forumi o‘tkazilishini Sizga ma’lum qilamiz. Xaftalik doirasida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida ham besh kun davomida turli mavzularda tadbirlar o‘tkaziladi:
✅ 23 oktabr "INFOLIB O'ZBEKISTON–2023" XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI doirasida soat 15:00 da Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida haftalikning tantanali ochilishi va “Kutubxona va zamonaviy dunyo” mavzusida mutaxassis kuni bo’lib o’tadi.
✅ 24 oktabr Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi haftalikning ikkinchi kunida Toshkent viloyati “TURON” axborot-kutubxona markazida soat 10:00 da “Shoirlar-bolalarga” mavzusida shoira Umida Abduazimova bilan uchrashuv bo’lib o’tadi.
✅ 25 oktabr haftalikning uchinchi kunida AKMga kelgan yangi adabiyotlar yuzasidan “Jahon adabiyoti durdonalari” mavzusida kitob ko’rgazmasi va kitob taqdimoti axborot kutubxona markazida soat 11:00 da bo'lib o'tadi.
✅ 26 oktabr haftalikning to’rtinchi kunida “Kutubxonalar, kitob va kitobxonlik ma’naviyat ko’zgusi” mavzusida davra suhbati axborot kutubxona markazida soat 10:00 da bo'lib o'tadi.
✅ 27 oktabr kuni "INFOLIB –2023" haftaligining yopilish marosimi hamda “Eng namunali oila kutubxonasi” mavzusida ko’rik-tanlov axborot kutubxona markazida soat 11:00 da bo'lib o'tadi.
Barcha kitob ihlosmandlarini ushbu tadbirlarga taklif etamiz.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …