#Zangiota_tuman_akm
📅 22-iyun, 2026-yil
Kutubxonamizda xalqaro do’stlik uchrashuvi: Qozog’istonlik mehmonlarni kutib oldik!
🏛 Kitob-xalqlarni bir-biriga bog’lovchi, chegara bilmas eng buyuk ma’rifat ko’prigidir. Bugun Respublikamizda mehmon bo’lib turgan Qozog’iston Respublikasining Atiray shahridan bir guruh pedagoglar o’quvchilari bilan kutubxonamizda mehmon bo’ldilar.
Mehmonlar kutubxonamizning boy kitob fondi, shinam o’quv zali va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, fondimizda mavjud bo’lgan qozoq adabiyoti durdonalari, ularning saqlanishi va o’zbek kitobxonlari tomonidan sevib o’qilayotganligi mehmonlarda juda katta qiziqish va hayajon uyg’otdi.
Uchrashuv davomida xorijlik mehmonlar axborot-kutubxona markazi direktori S.Axmedova bilan samimiy suhbat qurib, o’zlarining eng iliq fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Qozog’istonlik mehmonlar kutubxonadagi muhit va mehmondo’stlikdan shu qadar to’lqinlanishdiki S.Axmedovani o’z jamoasi bilan Qozog’iston Respublikasiga taklif qildilar.
Bu samimiy va ma’rifiy tashrif ikki qardosh xalq o’rtasidagi adabiy va do’stona aloqalarni yanada mustahkamlashi shubhasiz.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram
#Zangiota_tuman_akm
📅 2-iyul, 2026-yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. …
#Zangiota_tuman_akm
📅 2-iyul, 2026-yil
“Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni”
“Vatan ravnaqi-mutolaa bilan”
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida reja asosida "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni munosabati bilan ochiq osmon ostida “Vatan ravnaqi-mutolaa bilan” nomli uchrashuv kechasi o’tkazildi.
📚 Unga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati Targ‘ibotchilar jamiyati …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-iyun, 2026-yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida "Nurafshon" mahallasida “Ma’rifatli avlod-mustahkam vatan!” nomli maʼnaviy- maʼrifiy …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-iyun, 2026-yil
Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!
👥 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Quvnoq” nomli sog’lomlashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 29-iyun, 2026-yil
“Yoshlar bilan porloq kelajak sari”
🏛 30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun yoshlarning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga …
#Zangiota_tuman_akm
📅 29-iyun, 2026-yil
🗞 1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik …