Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
27 февраля 2026 г.
“Payshanba – Yoshlar kuni”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-fevral, 2026-yil

🏛Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida ularning muammo va takliflarini bevosita eshitish, joylarda tezkor va samarali yechim topish maqsadida har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilanishi alohida ta’kidlandi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Zangiota tumanida ham “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida keng qamrovli uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi. Tuman hokimi Erkin Rustamov yoshlar bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazdi. 
👥 Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yangi imtiyoz va tashabbuslarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.  Yoshlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan aniq va asosli javoblar qaytarilib, bildirilgan takliflar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi. Uchrashuv doirasida axborot-kutubxona markazi tomonidan “Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil qilinib, yoshlarni qiziqtirgan  adabiyotlar  mutolaa uchun taqdim qilindi. 
Uchrashuv yakunida motivatsion seminar o‘tkazilib, yoshlarning tashabbuskorligi va mehnatsevarligini qo‘llab-quvvatlash muhim ekani ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Sayt (https://www.zakm.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/zangiota_akm?igsh=eGZ5NHI2a3A3bGVy&utm_source=qr) | 
Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100087950460478&__tn__=-UC*F) | YouTube (https://www.youtube.com/@zangiotaaxborot-kutubxonam1366) | telegram (https://t.me/zangiota_akm)

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil