#zangiota_akm
#infolib_ozbekiston_2023
#umida_abduazimova
2023 yil 24 oktabr kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan "INFOLIB O'ZBEKISTON–2023" XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGIning ikkinchi kuni “Shoirlar-bolalarga” mavzusida shoira Umida Abduazimova bilan uchrashuv Toshkent viloyati TURON axborot-kutubxona markazida bo’lib o’tdi.
Ijodkor so`zga chiqib, she’riyat, hech shubhasiz, insoniyatga berilgan ulug‘ ne’matlardan biri ekanligi, u cheksiz ummonga, balki, bepoyon ufqqa o‘xshashi, uning zeboligi, ta’siri va ko‘lamini ta`riflash qiyin ekanligi, gohida kishi o‘qigan she’rining ta’siridan bir necha kunlab chiqa olmasligi, bunday she’rlarda badiiy tasvir kuchli bo‘lib, she’rdagi avj nuqtalar o‘quvchini sehrlab qo‘yishi, bolalik yillari, birinchi yozgan she`rlari, erishgan yutuqlari haqida gapirdi. Shuningdek kechada Zangiota tumani 14-IDUMning o`qituvchi va o`quvchilari ham ishtirok etib, adibning jozibador she`rlaridan o`qib, yig`ilganlarga zavq bag`ishladilar.
Tadbir savol-javoblarga boy, qizg`in tarzda bo`lib o`tdi, shoira o`zining sara kitoblaridan axborot-kutubxona markaziga sovg`a qildi. Uchrashuv so`ngida TURON axborot-kutubxona markazi direktori D.Abduazimova shoira hamda Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi direktori S.Axmedovaga tashakkurnoma va esdalik sovg`alarini topshirdi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …