#Zangiota_tuman_akm
📅 1-aprel, 2026-yil
📚Ko‘p kitob o‘qigan odam tafakkur doirasi bilan boshqalardan ajralib turadi. Olamni, hayot haqiqatini, yaxshi-yomonni teran anglaydi. Ravon gapiradi, chiroyli jumla tuzadi. Mutolaa aqlni charxlaydi, xotirani mustahkamlaydi. Eng muhimi yangilik yaratishga undaydi, ichki xotirjamlikni ta’minlaydi, kishida o‘ziga ishonchni oshiradi. Shu sabab kitobxonlik doim keng targ‘ib etiladi.
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Siz kelmasangiz, biz boramiz” shiori ostida kitob targ’iboti ishlari davom etmoqda. Bugun tumandagi 13-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Kitobdan yaqin do’st yo’q” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚Mutaxassislar tomonidan bolalar uchun yangi nashr etilgan ertak kitoblari haqida ma’lumotlar berilib, “Jahon xalqlari ertaklari” turkumida nashr etilgan ertaklar o’qib berildi. “Kim birinchi?” nomli quvnoq savol-javoblar o’yini o’tkazildi. “Jonivorlar ensiklopediyasi”, “Ertakli 365 kun”, “Ahil chumchuqlar” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-may, 2026-yil
🏛 Yozgi ta’til yaqinlashmoqda!
Bu vaqt o’quvchilar uchun nafaqat dam olish,balki sevimli kitoblari bilan do’stlashish uchun qulay fursatdir.Shu munosabat bilan axborot kutubxona-markazi mutaxassislari 40-umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’quvchilari huzuriga tashrib buyurib qiziqarli suhbat o’tkazdilar.
📚Uchrashuv davomida mutaxassislar jajji kitobxonlarga yangi nashr etilgan , “Malika uchun …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-may, 2026-yil
📚 Kitob insonning eng yaqin do‘sti, bilim va ma’naviyat manbai hisoblanadi. Mutolaa orqali insonning nutqi ravonlashadi, fikrlashi kengayadi hamda kelajakka bo‘lgan intilishi kuchayadi. Shu bois yoshlarni kitob o‘qishga jalb etish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
🏛 Bugun axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 40-maktabda …
#Zangiota_tuman_akm
📅13-may, 2026-yil
🏛 Yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazi tomonidan ochiq osmon ostida “Ma’rifat sari ochilgan yo‘l” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📚 Mazkur tadbir davomida kitobxonlarga badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari keng namoyish qilindi. Ochiq …
#Zangiota_tuman_akm
📅 12-may, 2026-yil
📚 Kitob qalbni nurga toʻldiruvchi bebaho boylikdir. Inson kitob oʻqish orqali bilim oladi, tafakkuri kengayadi va hayotga boʻlgan qarashi oʻzgaradi. Kitob bizni ezgulikka, sabr-toqatga va odobli boʻlishga oʻrgatadi.
Har bir kitob oʻzida katta ma’no va hayotiy saboqlarni mujassam etgan. Ertaklar mehribonlikni, tarixiy kitoblar ajdodlarimizning boy …
#Zangiota_tuman_akm
📅 8-may, 2026-yil
XOTIRA-KELAJAK UCHUN IBRAT
🏛 Zangiota tumanidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyida Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda bugungi osoyishta hayotimiz yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Tadbir davomida yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yilib, ezgu tilak va samimiy minnatdorlik izhor etildi.
Xotira va qadrlash …
#Zangiota_tuman_akm
📅 7-may, 2026-yil
📚 Bugungi kunda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish muhim vazifalardan biriga aylangan, chunki kitob o‘qigan yoshlar Vatan ravnaqi uchun xizmat qiladigan, bilimli va barkamol inson bo‘lib ulg`ayadilar. Kitob insonni sabrli, odobli va maqsad sari intiluvchan qilib tarbiyalaydi.
🏛 O’quvchi-yoshlarning kitob mutolaasiga rag‘batini oshirish, kitobxonlar safini yanada …