Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 7- iyundagi PQ- 4354 qarori bilan tasdiqlangan "2019-2024 yillarda Oʼzbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish boʼyicha chora-tadbirlar dasturi” 2- ilovasi 6- bandi ijrosini taʼminlash maqsadida “TURON” axborot-kutubxona markazida joriy yilning 16 iyun sanasida Toshkent viloyati “TURON” axborot-kutubxona markazida “Axborot-kutubxona markazining eng yaxshi mutaxassisi” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi. Unda Toshkent viloyati “TURON” axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi tuman va shahar axborot-kutubxona markazlar ikasbiy bellashdilar. Tuman va shahar axborot-kutubxona markazlari ”Axborot-kutubxona fonalari va ularning taraqqiyoti”, “Axborot-kutubxona markazining ijtimoiy faoliyati”, “Mutolaani rivojlantirishning interfaol shakillari” mavzularida yangi loyihalar taqdim etdilar. Tanlovga O’zbekiston Milliy kutubxonasi xizmat rahbari SH.Raximova, Toshkent viloyati innovatsion rivojlanish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi CH.Mirzayev , Toshkent Davlat Agrar Universiteti ARM rahbari M.Qurbonova, O’zbekiston Yozuvchilari a’zosi, shoir D.Rajab, “TURON” axborot-kutubxona markazi xizmat rahbari K.Abdurasulovalar hakamlik qildilar. Bu tanlovda Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya bo’limi xizmat mutaxassisi Roziya Oyxo’jayeva “Tikla.uz” nomli “Toshkent viloyati Zangiota tumani bo’yicha ta’mir talab holga kelgan kitoblarni qayta tiklash va ta’mirlash” korxonasi loyiha konsepsiyasi bilan ishtirok etib fahrli 1-O’RINNI qo’lga kiritdi. 2-o’rinni esa “TURON” АKM mutaxassisi M.Haytalieva va 3-oʼringa Boʼka tumani АKM mutaxassisi X.Nomozovalar munosib deb topilib, tanlovning 2- bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. Tanlov g'oliblari va ishtirolchilar "TURON" axborot-kutubxona tomonidan esdalik sovg'alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …