#zangiota_akm
#yangilanayotgan_konstitutsiya_ozbekiston_kelajagi
Konstitutsiya har qanday davlatning asosiy qonunidir. U jamiyat uchun ishlashi, uning talab va ehtiyojlarini qondirishi kerak. Konstitutsiyaning mazmuni — mamlakatning davlat, ijtimoiy va siyosiy hayotining barcha asoslarini belgilashdan iborat. Boshqacha aytganda, u huquq tizimining asosi va poydevori bo‘lib, boshqa barcha qonunlar uning asosida quriladi. Lekin, shu bilan birga, Konstitutsiya qatʼiy, o‘zgarmas hujjat emas. Agar Konstitutsiyani o‘zgartirish zarurati paydo bo‘layotgan bo‘lsa, demak, bu jamiyatning evolyutsion rivojlanishiga asoslangan holda, O‘zbekistonda yaqin kelajakda bo‘lgan maqsadlarimizni belgilab olish, ochiq va ishonchli davlat qurish uchun hayotiy zaruratdan dalolat beradi. 2023 yil 26 aprel kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Yangilanayotgan Konstitutsiya O’zbekiston kelajagi" rukni ostida kitob ko’rgazmasi tashkil etilib kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Mening birinchi sevib o’qigan kitobim
Kitobxonlik soati
Kutubxona-bilimlar xazinasi, bilim va madaniyat manbai hisoblanadi. Kichik yoshdagi bolalarni kitob bilan tanishtirish va ularda kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish maqsadida kutubxonalarga ekskursiyalar tashkil etish katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda 14-maktabning 1-sinf o’quvchilari kutubxonaga tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida “Mening …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Xotira uyg’onsa go’zal
Kitob ko’rgazmasi
Yurtimizda Abdulla Qodiriy asarlari kirib bormagan birorta ham xonadon bo’lmasa kerak. U faqat o’zbek xalqining emas, balki Turkiston xalqlarining ham sevimli adibi, ozodlik va istiqlol kuychisidir. Bugun axborot-kutubxona markazida adib tavalludi kuni munosabati bilan “Xotira uyg’onsa go’zal” rukni ostida kitob ko’rgazmasi …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Siz kelmasangiz biz boramiz
Kitob targ’iboti
Kitob insoniyat ongli hayoti va ma`naviyat olamining bosh timsollaridan sanaladi. U – bepoyon olam: bag`rikeng, osmoni balanddir. Kitob bilim manbai, insoniyat to`plagan hikmatlar xazinasi, ijtimoiy ong mahsulidir. Bugun vatanimiz jadal rivojlanayotgan bir davrda ajdodlarimiz, donolar fikrida o`z aksini topgan kitob …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Harbu-zarb dahosi
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Amir Temur – dunyo tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli strateteg va siyosatchi, hayoti davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson. Amir Temur tavalludi …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitob – tafakkur qanoti
Kitobxonlik soati
Kitob maslahatchi, sadoqatli hamrox, eng yaqin doʻst va bebaho boylik hisoblanadi. Bola tarbiyasida uning oʻrni muhim. Millatning maʼnaviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qoʻshgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz
Kitob targ’iboti
Mutaxassislar tomonidan aholining, ayniqsa yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlariga ko’maklashish, kutubxona ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida kitob targ’iboti ishlari davom ettirilmoqda. Bugun shunday tadbir “Navro’z” mahallasi yoshlari bilan tashkil …