#Zangiota_tuman_akm
📅 2-aprel, 2026-yil
📚Insoniyat paydo bo‘libdi-ki, ilm olish, yangilik yaratishga intiladi. Bu jarayonda eng sodiq va beminnat do‘st kitob, albatta. Alisher Navoiy “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishda asosiy manba”, deya ta’kidlagan. Darhaqiqat, ko‘p kitob o‘qigan odam tafakkur doirasi bilan boshqalardan ajralib turadi. Olamni, hayot haqiqatini, yaxshi-yomonni teran anglaydi. Shu sabab kitobxonlik doim keng targ‘ib etiladi. Nafaqat mamlakatimizda balki butun dunyoda, ayniqsa, bolalarni kitobga qiziqtirish, mutolaaga mehr uyg‘otishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu orqali beg‘ubor qalblarga ezgulik, mehr-oqibat, yaxshilik, teran fikrlash tuyg‘ulari jo qilinadi.
🏛 Bugun axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi 15-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari ishtirokida 2-aprel Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan “Kitob mening do'stimsan” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi. Ushbu kun butun dunyo bolalarining suyukli ertakchi bobosi, daniyalik yozuvchi Hans Kristian Andersen tug‘ilgan kuni ekanligi, u umri davomida 3342 ta asar yozganligi, ular 150 ga yaqin tilga tarjima qilinganligi haqida ma'lumotlar berildi. Adibning “Irkit o‘rdakcha”, “No‘xat ustidagi malika”, “Qor malikasi” ertaklari o’qish uchun tavsiya qilindi.
👥Tadbirda 34 nafar o’quvchilar ishtirok etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
#Zangiota_tuman_akm
📆 31-iyul, 2026-yil
📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-iyul, 2026-yil
“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”
⛹️♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi
📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …