Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Ijodi ham, hayoti ham ibrat
Davra suhbati
Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida O’zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsin tavalludi kuni munosabati bilan “Ijodi ham, hayoti ham ibrat” nomli davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda adibning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar berildi. U ham she’riyatda, ham nasrda barobar qalam tebratib son – sanoqsiz she’rlar, o’nlab ballada va dostonlar, bolalar va kattalar uchun hikoyalar, hajviya, qissa va romanlar muallifi ekanligi ta’kidlab o’tildi. Yozuvchining “Me’mor”, “Temur Malik” romanlarining targ’iboti olib borilib, o’qish uchun tavsiya qilindi. “Qiziqarli savol - javoblar”, “Bu qaysi ijodkor?” kabi topqirlik o’yinlari orqali o’quvchilarning topqirlik va zukkoliklari sinovdan o’tkazildi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 5-may, 2026-yil
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari , tuman tashkilotlarining bir guruh xodimlari bilan birgalikda yurtimizning bebaho ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
🏛 Mazkur markaz nafaqat ulug‘ ajdodlarimizning ilm-fan, ma’rifat va tamaddun rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etuvchi maskan, balki yosh avlod …
#Zangiota_tuman_akm
📅 4-may, 2026-yil
🏛 Zangiota tumanida “9-may — Xotira va qadrlash kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Zangiota tumani hokimligi, tuman "Nuroniy" jamgʻarmasi, axborot-kutubxona markazi xodimlari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, avlodlar …
#Zangiota_tuman_akm
📅 4-may, 2026-yil
🏛 9-may - Xotira va qadrlash kuni - g‘urur va qayg‘u kunimiz, jang maydonlarida jasorat bilan kurashgan, front ortida sabr-toqat va qat'iyatlilik, mehribonlik hamda rahm-shafqat ko‘rsatgan zamonamizning xaqiqiy qahramonlariga har bir fuqarolarimiz tomonidan cheksiz minnatdorchilik bildirish kunidir. Inson xotirasi – muqaddas, inson qadri – ulug'. Xotira …
#Zangiota_tuman_akm
📅 1-may, 2026-yil
🏛 O‘zbek sheriyati va nasrining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, serbaraka ijodkor, shoir, dostonnavis, hikoyanavis, qissanavis, romannavis, bolalar shoiri, jurnalist, adib Mirmuhsin hamda O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi Iqbol Mirzo tavalludi kunlari munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “Xotira uyg’onsa go’zal” hamda “Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati” nomli kitob …
#Zangiota_tuman_akm
📅 1-may, 2026-yil
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida jurnalist, o’zbek matbuoti vakili Mirmuhsin tavalludining 130 yilligi munosabati bilan “Iqtidori noyob adib” nomli davra suhbati o’tkazildi.
📚 Tadbirda o'zbek xalqi tarixi, madaniyati, san'ati va adabiyoti qadim zamonlardan buyon sermazmun, serjilo va boy tafakkuri bilan boshqa xalqlar ma'naviyatidan ajralib turishi, sho’rolar …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-aprel, 2026-yil
🏛️ Mutolaa inson ma’naviyatini boyituvchi yo‘ldir. 2026-yil 30-aprel kuni tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasining navbatdagi soni o‘tkazildi. Loyiha doirasida mutaxassislar “Nurafshon” mahallasining gavjum ko‘chalari, jamoat transporti bekatlari va bog‘larda bo‘lib, yurtdoshlarimizga kutubxona fondiga yangi kelgan “Dunyo …