Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitob va mutolaa haftaligi
Ulug’ insonlar doimo barhayot
Kitob ko’rgazmasi
1991-yil 31-avgustda Islom Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan barcha yutuq va marralar Islom Karimov nomi va faoliyati bilan bogʻliq. Birinchi Prezidentimiz mamlakatimiz mustaqilligini qoʻlga kiritishdan tortib, uning taraqqiyoti, jahonda oʻz oʻrni va soʻziga ega davlatga aylanishi yoʻlida yuksak fidoyilik koʻrsatib mehnat qildi. Uning tengsiz jasorati va uzoqni koʻzlab yuritgan dono siyosati tufayli Oʻzbekiston tarixan qisqa davrda izchil rivojlanish yoʻlini bosib oʻtdi, mamlakatimizni dunyo tanidi. O‘tish davrining qiyinchiliklari, o‘zligini topayotgan davlat mafkurasini yaratish, tinchligini saqlash va millatlararo totuvlikni ta'minlash kabi muhim vazifalar bu insonning yelkasiga yuk bo‘lib tushgani, umrining oxiriga qadar bu ishlarni sharaf bilan uddalab o‘tganini tan olishimiz kerak. 2-sentabr Islom Karimov xotirasi kuni munosabati bilan “Ulug’ insonlar doimo barhayot” rukni ostida kitob ko’rgazmasi tashkil etildi va ko’rgazmadan joy olgan Luqmon Bo’rixonning “Olov tutgan odam” kitobining targ’iboti olib borildi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …