Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitob mening taqdirimda
Kitobxonlik soati
Insoniyat hayotida, jamiyat taraqqiyotida kitob va kutubxonalarning o‘rni beqiyos. Har bir insonning kelajak orzulariga zamin yaratib beradigan maskan kutubxona hisoblanadi.
Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash, ularning qalbida pok insoniy tuyg‘ular va yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda kutubxonalarning o‘rni nihoyatda katta. Bugun axborot-kutubxona markaziga ichki ishlar tizimida faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida “Kitob mening taqdirimda” nomli kitobxonlik soati tashkil etildi. Tadbir qatnashchilari kitobning inson kamolotida tutgan o’rni, o’zlari sevib o’qigan kitoblari va hozirgi kunda ish faoliyatlari davomida kitob mutoalasining foydali tomonlari haqida dildan suhbatlashdilar. Kutubxona mutaxassislari tomonidan yangi nashr etilgan kitoblar haqida ma’lumotlar berildi. J.Klirning “Atom odatlar”, T.Harrisning “Qizil ajdarho”, S.Siyoyevning “Dashti qipchoq lochini”, K.Sindarovning “So’poqsoydagi sirli qotillik” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi. Tadbir so’ngida kutubxona bo’ylab ekskursiya uyushtirildi. Ishtirokchilar AKM fondi bilan tanishib, o’zlarini qiziqtirgan kitoblarni o’qish uchun oldilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …