Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
12 июня 2025 г.
Sen yozgan ertak

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Sen yozgan ertak
Kreativ tadbir
O‘quvchi yoshlarning yozgi dam olish vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalarida ta’lim, sport, san’at to‘garaklari bilan bir qatorda kitobxonlik va kitob mutolaasiga katta e’tibor qaratilmoqda.  Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan navbatdagi targ’ibot tadbiri 22-maktab qoshida tashkil etilgan “Kamalak” nomli sog’lomlashtirish maydonchasi o’quvchi –yoshlari bilan o’tkazildi. Ko’chma kutubxona tashkil etib, bolalar uchun yangi nashr etilgan kitoblarning ko’rgazmasi  o’tkazildi,  hamda ko’rgazmadan joy olgan “Maugli”, “Alisa mo’jizalar mamlakatida”, “O’zbek xalq ertaklari” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi. “Sen yozgan ertak” nomli o’yin tashkil etilib, bolajonlarga  “yaxshilik” va  “yomonlik”  mavzularida ertak to’qib aytib berishlari so’raldi. Tadbir qatnashchilari o’zlari to’qigan ertaklarini tengdoshlariga aytib berdilar. Bu kabi tadbirlarni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad bolalarning tasavvurlarini boyitish, ko’z oldiga keltirganlarini so’z bilan ifodalash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Tadbirda 16 nafar o’quvchi – yoshlar qatnashdilar.

2 июля 2026 г.
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#Zangiota_tuman_akm

📅 2-iyul, 2026-yil

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
 

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. …

Batafsil
2 июля 2026 г.
Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni

#Zangiota_tuman_akm

📅 2-iyul, 2026-yil

“Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni”
“Vatan ravnaqi-mutolaa bilan”

 

🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida reja asosida "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni munosabati bilan ochiq osmon ostida “Vatan ravnaqi-mutolaa bilan” nomli uchrashuv kechasi o’tkazildi.

📚 Unga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati Targ‘ibotchilar jamiyati …

Batafsil
1 июля 2026 г.
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#Zangiota_tuman_akm

📅 30-iyun, 2026-yil

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
 

🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan,  “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida "Nurafshon" mahallasida “Ma’rifatli avlod-mustahkam vatan!”  nomli  maʼnaviy- maʼrifiy …

Batafsil
30 июня 2026 г.
Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!

#Zangiota_tuman_akm

📅 30-iyun, 2026-yil

Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!
 

👥 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan,  “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Quvnoq” nomli sog’lomlashtirish …

Batafsil
29 июня 2026 г.
Yoshlar bilan porloq kelajak sari

#Zangiota_tuman_akm

📅 29-iyun, 2026-yil

“Yoshlar bilan porloq kelajak sari”

🏛 30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun yoshlarning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga …

Batafsil
29 июня 2026 г.
Jamiyat tarbiyachisi, islohotlar targ’ibotchisi

#Zangiota_tuman_akm

📅 29-iyun, 2026-yil
 

🗞 1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik …

Batafsil