Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitob va mutolaa haftaligi
Оchiq eshiklar kuni
Erta so’ngan yulduzlar
Xotira kechasi
Kitob – zamonlar toʻlqinida suzuvchi, oʻzidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga roʻshnolik kiritib, ezgu tuygʻularni uygʻotmoqqa qodir. Shu bois soʻnggi yillarda mamlakatimizda kitob mutolaasi va targʻiboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid bir qator vazifalar amalga oshirilmoqda.
“Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida 8-12 sentabr kunlari Oliy ta’lim hamda professional ta’lim muassasalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” bo'lib o’tmoqda. Bugun axborot-kutubxona markaziga Samarqand veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish instituti Toshkent filiali talabalari uchun ochiq eshiklar kuni o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir va tarjimon Shavkat Rahmon tavallidining 75 yilligi munosabati bilan “Erta so’ngan yulduzlar” nomli xotira kechasi o’tkazildi. Tadbirda shoirning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi. Talabalar tomonidan shoir she’rlaridan na’munalar o’qildi. Shuningdek mutaxassislar tomonidan Sh.Rahmonning “Abadiyat oralab”, “Gullayotgan tosh”, “Hulvo” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi. Tadbir so’ngida kutubxona bo’ylab ekskursiya uyushtirildi, yoshlar o’zlari qiziqqan kitoblaridan o’qish uchun oldilar. Tadbirda 60 nafar talaba –yoshlar ishtirok etdilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …