Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
19 ноября 2024 г.
Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz
Kitob targ'iboti
Kitoblar bilan yaqindan tanishgan sayin inson ko’p narsalarga o'zgacha nigoh bilan nazar solishni boshlaydi. Kitob doimo insonlar uchun yaqin do'st , hamroh, dono maslahatchi bo`lib kelgan . Ba'zi kitoblarni mutolaa qilganda inson o`zi uchun hayotni yangidan kashf etishi ham mumkin . Ayniqsa bugungi yoshlarning ko`pchiligi bizning davr bir joyda o`tirib kitob varaqlaydigan davr emas deb ta`kidlashadi. Lekin kitob har qanday vaziyatda ham o’z o’rnini yo’qotmaydi. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida targ’ibot tadbirlari muntazam o’tkazib kelinmoqda. Bugun shunday tadbir  “Quyoshli” mahallasi aholisi o’rtasida olib borildi. Katta yoshdagi kitobxonlar uchun T.Harrisning “Ajdarho”, R.Hamzatovning “Mening Dog’istonim”, E.Remarkning “Qora haykal” kitoblari, bolalar va o’smirlar uchun “Bolalarning katta ensiklopediyasi”, “Koinot” ensiklopediyasi,  S.Barnoyevning “Tinchlikni ulug’laymiz”, O.Husanovning “Tog’da o’sgan bola” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi.

27 апреля 2026 г.
Inson hayoti va huquqlari-oliy qadriyat

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 27-aprel, 2026-yil

 

⚖️Erkin va adolatli jamiyat qurish uchun qonunga tayanishimiz va qonun ustuvorligiga erishishimiz lozimdir.

Chunki har qanday davlatning qudratli va mustahkam bo‘lishi, xalqining tinch va farovon hayoti amaldagi qonunlarning ustuvorligiga bog‘liqdir. SHunday qilib, huquq – davlat tomonidan belgilanadigan yoki ruxsat etiladigan va uning kuchi bilan …

Batafsil
27 апреля 2026 г.
Farzandimga kitob sovg‘a qilaman

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 27-aprel, 2026-yil

 

📚 Kitob insonning eng yaqin do‘sti, ishonchli maslahatchisi va tafakkurini charxlovchi bebaho manbadir. U insonni fikrlashga undaydi, dunyoqarashini kengaytiradi va ma’naviy kamolot sari yetaklaydi. Bejizga kitobni bilimlar xazinasi, tafakkur kaliti, ruhiyat ozuqasi deb atamaydilar.

 

🏛️ Zangiota tumani 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Farzandimga kitob …

Batafsil
24 апреля 2026 г.
Xotira uyg’onsa go’zal

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 24-aprel, 2026-yil

 

👤 XIX asrning so‘nggi choragida o‘zbek adabiyotiga o‘zining dadil qadamlari bilan kirib kelgan va o‘chmas iz qoldirgan shoir Muhammad Yusuf o‘zining samimiy, sodda, betakror she'rlari va ijtimoiy yuki salmoqli bo‘lgan misralari bilan yarq etib ko‘zga tashlandi hamda xalqimiz qalbidan chuqur joy egalladi. Shoirning mustaqillik …

Batafsil
24 апреля 2026 г.
Kitob – tafakkur chirog‘i, kelajak kalitidir!

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 24-aprel, 2026-yil

 

🏛️ Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning tafakkurini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida  “Kitob – tafakkur chirog‘i, kelajak kalitidir!” nomli kitobxonlik kuni o’tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlari mutolaa qilgan asarlari yuzasidan fikr almashdilar, sevimli kitoblari haqida taqdimotlar …

Batafsil
23 апреля 2026 г.
Bilimdon bolajon-kutubxonada mehmon

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 23-aprel, 2026-yil

 

🏛️ Yurtimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Sog‘lom, mustaqil fikrga ega, har jixatdan barkamol, intellyektual yetuk avlodni tarbiyalashni asosiy maqsad qilgan mamlakatimizda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, iste’dodlarini namoyon qilishga keng …

Batafsil
22 апреля 2026 г.
Ziyoratgoh-imon e’tiqodga da’vatgohdir

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 22-aprel, 2026-yil

 

🏛️ Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kunini o‘tkazishdan maqsad – nodir va betakror yodgorliklarni asrab-avaylash, ularni umumbashariyat mulki sifatida kelajak avlodlarga yetkazish, O‘zbekistonning milliy, madaniy, tarixiy yodgorliklari, mamlakat yutuqlari bilan tanishtirishdan iborat. Bugun axborot-kutubxona markazida “Ziyoratgoh-imon e’tiqodga da’vatgohdir” nomli davra suhbati o’tkazildi.

  …

Batafsil