Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
10 октября 2024 г.
Siyosiy qatag’on qurbonlarini xotirlab

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi

Siyosiy qatag’on qurbonlarini xotirlab

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Bugun axborot-kutubxona markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19-iyul 2024-yildagi “Siyosiy qatag’on qurboni bo’lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o’rganish, targ’ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to’g’risida”gi PQ-207 sonli qarori  va  Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 25-iyuldagi 63-son buyrug’i, Toshkent viloyati “TURON” axborot-kutubxona markazining 5-avgustdagi 36-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya- Yangi O’zbekiston poydevori” shiori ostida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir RMMM tuman bo’linmasi, madaniyat bo’limi, maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi hamkorligida o’tkazildi. So’zga chiqqanlar siyosiy qatag’on qurboni bo’lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyati, bugungi farovon kunlarimiz uchun olib borgan kurashlari hamda ajdodlarimizning yurtni istiqlol sari boshlash, xalqni ma’rifatli qilish yo’lidagi fidoiyliklari haqida ma’lumotlar berib, ularning ilmiy, adabiy meroslarini keng targ’ib qildilar.  Shuningdek, madaniyat bo’limi xonandalari tomonidan ijro etilgan jonli ijrodagi qo’shiqlari, 13-umumiy o’rta ta’lim maktabining “Jadidlar izdoshlari” nomli to’garak a’zolari tomonidan ijro etilgan sahna ko’rinishlari tadbir ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.  Tadbir so’ngida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Z.Ne’matning “Qatag’on o’pqoni”, R.Shamsutdinovning “Qatag’on qilingan yurtdoshlarni xotirlab”, “Jadid adabiyoti durdonalari” rukni ostida nashr etilgan “Abdurauf Fitrat” hamda “Usmon Nosir” kitoblari  o’qish uchun tavsiya qilindi.

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil