Joriy yilning 8 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O’ZBEKISTON-2021” axborot-kutubxona xaftaligi va yosh kutubxonachilar forumi boshlandi. Shu munosabat bilan Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida xaftalik davomida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Xaftalikning ochilish marosimida rus yozuvchisi Ivan Sergeyevich Turgenev tavalludi kuniga bag‘ishlangan “Ovchining xotiralari” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda tumandagi 13-14-umuta’lim maktablarining o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdilar.
14-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari va o‘quvchilari tomonidan rus yozuvchisi I.S.Turgenevning hayoti va ijodi, uning yaratgan asarlari haqida rus tilida to‘liq ma’lumotlar berildi hamda rus adiblarining she’rlari asosida mushoira o‘tkazildi. I.S.Turgenev hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi vidiorolik namoyish etildi. 13-umumtal’lim maktabining o‘quvchilari ham o‘zlari tayyorlab kelgan she’rlari bilan ishtirok etdilar.
14-IDUM rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Nargiza Zuparova hamda 13-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Zulfiya Voxidovalar so‘zga chiqib, tadbir haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbirda 42 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.
#Zangiota_tuman_akm
📅 2-iyul, 2026-yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. …
#Zangiota_tuman_akm
📅 2-iyul, 2026-yil
“Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni”
“Vatan ravnaqi-mutolaa bilan”
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida reja asosida "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni munosabati bilan ochiq osmon ostida “Vatan ravnaqi-mutolaa bilan” nomli uchrashuv kechasi o’tkazildi.
📚 Unga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati Targ‘ibotchilar jamiyati …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-iyun, 2026-yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida "Nurafshon" mahallasida “Ma’rifatli avlod-mustahkam vatan!” nomli maʼnaviy- maʼrifiy …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-iyun, 2026-yil
Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!
👥 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Quvnoq” nomli sog’lomlashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 29-iyun, 2026-yil
“Yoshlar bilan porloq kelajak sari”
🏛 30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun yoshlarning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga …
#Zangiota_tuman_akm
📅 29-iyun, 2026-yil
🗞 1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik …