Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
17 июля 2024 г.
Ulug’ insonlar doimo barhayot

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Ulug’ insonlar doimo barhayot
Kitob ko’rgazmasi
Har bir inson o’z erki bilan inson bo’lganidek, har bir davlat ham o’zining mustaqilligi, ozodligi bilan to’laqonli davlatdir. Jadid bobolarimiz bunday davlatni sog’inib yashab o’tdilar. Shuning uchun ham ular ijodida istibdoddan qonga to’lgan dil nolalarini va milliy ozodlikni sog’ingan qalb sadolarini eshitish mumkin. Zero, Milliy uyg’onish deb nomlangan adabiyotning bosh g’oyasi ham shu edi. Bu adabiyotning yirik siymolaridan biri Abdulla Avloniydir. 
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida joriy yilning 12-iyul kuni Abdulla Avloniy tavalludu kuni munosabati bilan “Ulug’ insonlar doimo barhayot” rukni ostida kitob ko’rgazmasi tashkil etilib keng kitobxonlar ommasi e’tiboriga havola etildi. Ko’rgazmadan joy olgan “Jadid adabiyoti namoyandalari” rukni ostida nashr etilgan “Abdulla Avloniy”  kitobining targ’iboti olib borildi.

15 мая 2026 г.
Yozgi ta’til yaqinlashmoqda!

#Zangiota_tuman_akm

📅 15-may, 2026-yil
 

🏛 Yozgi ta’til yaqinlashmoqda!
Bu vaqt o’quvchilar uchun nafaqat dam olish,balki sevimli kitoblari bilan do’stlashish uchun qulay fursatdir.Shu munosabat bilan axborot kutubxona-markazi mutaxassislari 40-umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’quvchilari huzuriga tashrib buyurib qiziqarli suhbat o’tkazdilar.

📚Uchrashuv davomida mutaxassislar jajji kitobxonlarga yangi nashr etilgan , “Malika uchun …

Batafsil
14 мая 2026 г.
Kitob bilim va ma’naviyat manbai

#Zangiota_tuman_akm

📅 14-may, 2026-yil
 

📚 Kitob insonning eng yaqin do‘sti, bilim va ma’naviyat manbai hisoblanadi. Mutolaa orqali insonning nutqi ravonlashadi, fikrlashi kengayadi hamda kelajakka bo‘lgan intilishi kuchayadi. Shu bois yoshlarni kitob o‘qishga jalb etish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

🏛 Bugun axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 40-maktabda …

Batafsil
13 мая 2026 г.
Ma’rifat sari ochilgan yo‘l

#Zangiota_tuman_akm

📅13-may, 2026-yil
 

🏛 Yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazi tomonidan ochiq osmon ostida “Ma’rifat sari ochilgan yo‘l” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📚 Mazkur tadbir davomida kitobxonlarga badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari keng namoyish qilindi. Ochiq …

Batafsil
12 мая 2026 г.
Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📅 12-may, 2026-yil
 

📚 Kitob qalbni nurga toʻldiruvchi bebaho boylikdir. Inson kitob oʻqish orqali bilim oladi, tafakkuri kengayadi va hayotga boʻlgan qarashi oʻzgaradi. Kitob bizni ezgulikka, sabr-toqatga va odobli boʻlishga oʻrgatadi.
Har bir kitob oʻzida katta ma’no va hayotiy saboqlarni mujassam etgan. Ertaklar mehribonlikni, tarixiy kitoblar ajdodlarimizning boy …

Batafsil
8 мая 2026 г.
XOTIRA-KELAJAK UCHUN IBRAT

#Zangiota_tuman_akm

📅 8-may, 2026-yil

XOTIRA-KELAJAK UCHUN IBRAT
 

🏛 Zangiota tumanidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyida Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda bugungi osoyishta hayotimiz yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Tadbir davomida yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yilib, ezgu tilak va samimiy minnatdorlik izhor etildi.

Xotira va qadrlash …

Batafsil
7 мая 2026 г.
Kitob sevar yoshlar yurt kelajagi

#Zangiota_tuman_akm

📅 7-may, 2026-yil
 

📚 Bugungi kunda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish muhim vazifalardan biriga aylangan, chunki kitob o‘qigan yoshlar Vatan ravnaqi uchun xizmat qiladigan, bilimli va barkamol inson bo‘lib ulg`ayadilar. Kitob insonni sabrli, odobli va maqsad sari intiluvchan qilib tarbiyalaydi.

🏛 O’quvchi-yoshlarning kitob mutolaasiga rag‘batini oshirish, kitobxonlar safini yanada …

Batafsil