Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitobxon onalar kuni
Onalar yaratgan dunyo
Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Bugungi kitobxon onalar kuni munosabati bilan “Onalar yaratgan dunyo” nomli kitobxonlik kuni “Harakat’ mahallasida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o’tkazildi. Unda mamlakatimizda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganligi, farovon hayot kechirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli ekanligi, oilada onalar kitob o’qisa farzandlar ham ulardan o’rnak olishi haqida gapirib oʻtildi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi, tarix fanlari doktori, professor, lirik xonanda H.Hamidov ushbu tadbirda ishtirok etib, inson kamolotida kitobning o’rni haqida o’z hayotiy tajribalari, hozirgi kunda ham tinimsiz kitob o’qishi, kitobdan oladigan taassurotlari bilan o’rtoqlashdi. O’z navbatida bu mahallaning faol buvijonlari, onaxonlari so’zga chiqib oilada farzandlarni qanday qilib kitob o’qishga jalb qilayotganliklari va erishayotgan natijalari haqida to’lqinlanib so’zlab berdilar. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan kutubxona, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berilib, o’qish uchun bir qator kitoblar tavsiya qilindi. H.Hamidov hamda madaniyat bo’limi honandalari tomonidan ijro etilgan vatan va tinchlikni tarannum etuvchi qo'shiqlar yigilganlarga yaxshi kayfiyat ulashdi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …