#Zangiota_AKM_Bizni_kitobxonlik_birlashtiradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchisi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish qilib belgilanganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020- 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab- quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Respublika bo`ylab “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi-2022” doirasida 2022 yil 21 aprel kuni soat 14:00 da Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Bizni kitobxonlik birlashtiradi” deb nomlangan ma`naviy- ma`rifiy- madaniy kecha o`tkazildi. O`zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Malikaday ulug`vor, onaday mehrli” nomli kitob ko`rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zosi Xayrulla Safarov va kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha yilning eng dolzarb ilmiy maqolasi “Eng yaxshi innovator-2021” ko`krak nishoni sohibi Adiba Meliboyevalar qatnashib O`zbekiston xalq shoiri Oydin Xojiyevaning o`zbek adabiyotiga qo`shgan hissasi, hayoti va ijodi haqida gapirdilar. Ijodkorlar o`z so`zida Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat, olijanob insoniy fazilatlari haqida to‘lqinlanib gapirdilar, kitob va kitobxonlik bugungi yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutibgina qolmay, balki ma'naviy merosimizni ham boyitishi shubhasizligini ta'kidladilar. Shuningdek, tadbirda “Kitoblar xalqni uyg`otadi” nmli kitob yarmarkasi tashkil etildi. Tuman madaniyat bo`limi xodimlari kechaga fayz bag`ishlab shoira ijodidan qo`shiqlar ijro etdilar. Tadbirda 80 nafar tuman aholisi, kitobxonlar, kutubxonachilar va targ`ibotchilar ishtirok etdilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …