Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
27 марта 2025 г.
Kitob-ilm va hikmat manbai

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi

Kitob-ilm va hikmat manbai

Kitobxonlik soati

Bahorning yomg’irli kunlari bo’lishiga qaramay axborot-kutubxona markazi kitobxonlar bilan gavjum. Bugun tumandagi 2-kasb-hunar maktabi o’quvchilari kutubxonaga tashrif buyurdilar. Ular bilan “Kitob-ilm va hikmat manbai” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi. Kutubxona bo’ylab sayohat qilib, kitoblar, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan yangi nashr etilgan kitoblardan T.Hayitning “Bahouddin Naqshband”, D.Sinseroning “HETUPI”, D.Karnegining “Do’st orttirish va odamlarga ta’sir o’tkazish xususida”, Sh.Rahmonovning “Mukammal xotira” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi. O’quvchilar kutubxonaga a’zo bo’lib o’zlariga yoqqan kitoblarni o’qish uchun oldilar.

17 сентября 2026 г.
"Onadan boshlanar kitob muhabbati"

#Zangiota_tuman_akm

📆 17-sentabr, 2026-yil
 

📚 An’anaga muvofiq har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni qaror topishi, xususan, xalqimiz, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash kitobxonlik madaniyatini …

Batafsil
16 сентября 2026 г.
“Allomaning boqiy timsoli”

#Zangiota_tuman_akm

📆 16-sentabr, 2026-yil
 

📚 Respublikamizda yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning bilimini, ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludi kuni munosabati bilan “Allomaning boqiy timsoli” …

Batafsil
15 сентября 2026 г.
“Mening huquqlarim va burchlarim”

#Zangiota_tuman_akm

📆 15-sentabr, 2026-yil
 

📚 O’sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy madaniyati va savodxonligini shakllantirish maqsadida tumandagi 40-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Mening huquqlarim va burchlarim” mavzusida kitobxonlik soati o’tkazildi. Oquvchilarga bolalarning asosiy huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar berilib, qiziqarli savol-javob o’yini o’tkazildi. Bolalar uchun nashr etilgan “Huquq va men” …

Batafsil
12 сентября 2026 г.
КИТОБ БАРЧА БУНЁДКОРЛИК, ЯРАТУВЧИЛИК, АҚЛ-ИДРОК, ИЛМУ ДОНИШНИНГ АСОСИ, ҲАЁТНИ ЎРГАТУВЧИ МУРАББИЙДИР

#Туман_Ахборот_кутубхона_маркази_55_ёшда

КИТОБ БАРЧА БУНЁДКОРЛИК, ЯРАТУВЧИЛИК, АҚЛ-ИДРОК, ИЛМУ ДОНИШНИНГ АСОСИ, ҲАЁТНИ ЎРГАТУВЧИ МУРАББИЙДИР

Туман Ахборот-кутубхона маркази (авваллари турли номлар билан юритилган) ўзининг шонли 55 йиллигини нишонламоқда. Бу давр ичида бу ерда кўплаб фидойи кутубхоначилар одамларга зиё улашишди.   Шу ўринда  кутубхона ташкил этилгандан буён уни бошқарган Раъно Воҳидова,  Абдураҳмон Асилов (1975-1980 …

Batafsil
11 сентября 2026 г.
“Kitobxon millat — buyuk kelajak”

#Zangiota_tuman_akm

📆 11-sentabr, 2026-yil
 

📚 Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlariga ko’maklashish hamda axborot-kutubxona markazi fondidagi eng sara adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Kitobxon millat — …

Batafsil
10 сентября 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 10-sentabr, 2026-yil
 

📚 Mustaqilligimizning 35 yillik to’yi oldidan axborot-kutubxona markazi  fondi o’zbek, rus va ingliz tillaridagi turli yosh toifasidagi kitobxonlarning qiziqishlari, bilim darajasi hamda ehtiyojlarini atroflicha hisobga olgan holda 1190 nushadagi yangi nashrlar bilan boyitildi. Ushbu kitoblarning targ’ibotini olib borish maqsadida “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi “Navro’z” mahallasi …

Batafsil