Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
30 октября 2025 г.
Kitob — ma’naviyat manbai, ezgulikka eltuvchi yo‘l

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitob — ma’naviyat manbai, ezgulikka eltuvchi yo‘l
Ezgu tashabbus 
Tuman markazidan  olis hududlarda “Kichik kutubxona”

Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlarini tinglar ekan, bildirilgan takliflar orasida mahallalarda kichik kutubxona burchaklarini tashkil etish g‘oyasi alohida e’tibor qozondi.

 Ushbu taklifni amalga oshirish maqsadida hokim topshirig‘iga asosan murojaatchi Abduvali ota tuman Axborot-kutubxona markazi rahbari Surayyo Ahmedova bilan uchrashdi.

Suhbat davomida ular hududlarda aholining kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yoshlarni ma’naviy boylik bilan qurollantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun qulay sharoitlar yaratish masalalarini muhokama qilishdi.

Abduvali ota tuman kutubxonasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi, o‘z navbatida, Surayyo Ahmedova tomonidan kutubxona fondidan bir nechta kitoblar Abduvali otaning tashabbusi bilan tashkil etilayotgan kutubxona burchaklariga sovg‘a qilindi.

Shuningdek, bu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish, yangi kitob burchaklarini ochish va ularni zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish bo‘yicha kelgusidagi rejalar belgilab olindi. 

Mazkur tashabbus yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni ma’rifat va ezgulik sari yetaklash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, tuman kutubxona markazi rahbari tomonidan ushbu xayrli ishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Abduvali otaning kutubxona faoliyatiga ko‘maklashadigan xodim ham biriktirildi.

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil