Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
17 апреля 2026 г.
Ma’rifatli ona-kelajak poydevori

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 17-aprel, 2026-yil

 

🏛️ Har oyning 17-sanasida “Kitobxon onalar kuni” ma’rifiy loyihasini Respublika bo‘ylab o‘tkazish an’anaga aylandi. Ayniqsa, ayollarimiz, onaxonlarimiz ushbu kunni o‘zlarining bayrami, kitobxonlik fazilatini namoyish etish, onalar ma’rifatining kuchini ko‘rsatib berish kuni va maydoni sifatida qabul qilgani, faol jamoatchilik ushbu loyihaning farzandlarni mutolaaga, kitob o‘qishga o‘rgatishdagi ta’sirini e’tirof etayotgani quvonarli.  Bugun “Kitobxonlik haftaligi”ning V-kunida axborot-kutubxona markazida Zangiota tumanida joylashgan Maxsus avariya tiklash boshqarmasida faoliyat olib borayotgan bir guruh hizmatchi ayollar bilan “Ma’rifatli ona-kelajak poydevori” nomli kitobxonlik kuni o’tkazildi.

 

📚 Tadbir ishtirokchilari oilada, farzandlari, nabiralarini kitob o’qishga qanday qiziqtirayotganlari, o’zlari hozirgi kunda mutolaa qilayotgan kitoblari haqida dildan suhbatlashdilar. Bir-birlariga o’zlari o’qigan eng sevimli kitoblarini o’qishni tavsiya qildilar. Mutaxassislar tomonidan yangi nashr etilgan kitoblarning targ’iboti olib borildi.  Tezkor savol-javob, rebus o’yinlari o’tkazildi hamda faol ishtirok etgan qatnashchilar axborot-kutubxona markazi ma’muriyati tomonidan kitob va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Tadbirdan so’ng kutubxona bo’ylab ekskursiya o’tkazildi, kitobxon onalar tashkil etilgan kitob ko’rgazmalari va kitob yarmarkasi bilan tanishdilar.  Zangiota tumanida joylashgan Maxsus avariya tiklash boshqarmasi  hamkorligida o’tkazilgan ushbu tadbir bilan “Kitobxonlik haftaligi” tantanali  yakunlandi.

 

👥 Tadbirda 38 nafar kitobxon onalar ishtirok etdilar.

 

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

 

Sayt | Instagram |

Facebook | YouTube | telegram

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil