Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitob va mutolaa haftaligi
Ochiq eshiklar kuni
Qomusiy alloma
Tarbiyaviy soat
Respublikamizda yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning bilimini, ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi va uning tasarrufidagi axborot-kutubxona markazlarida “Kitob va mutolaa haftaligi” o’tkazilmoqda. Haftalik doirasida 2-6 sentabr kunlari kutubxonalarda maktab o’quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” bo'lib o’tmoqda.
Bugun ochiq eshiklar kuni doirasida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludi kuni munosabati bilan “Qomusiy alloma” nomli tarbiyaviy soat o’tkazildi. Tadbirda Beruniyning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar berilib, “Ulug’ insonlar doimo barhayot” nomli kitob ko’rgazmasidan joy olgan H.Hasanovning “Sayyoh olimlar”, U.Uvatovning “Buyuk yurt allomalari” kitoblarining targ’iboti olib borildi. Tadbir so’ngida kutubxona bo’ylab ekskursiya o’tkazildi. O’quvchilar kitob fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.
Tadbirda 14-maktabning 34 nafar o’quvchi-yoshlari ishtirok etdilar
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …