#Zangiota_AKM
#Ulug`_insonlar_doimo_barhayot
#Jadid_adabiyoti_namoyandasi
Mudhish qatagʻon davri qurboniga aylangan oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri, hikoyanavis, bolalar shoiri sifatida ham ancha barakali ijod qilgan adib Elbek tavalludi kuni munosabati bilan 2022 yil 30 noyabr kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi, Respublika ma'naviyat va marifat markazi Zangiota tumani bo'linmasi bilan hamkorlikda “Ulug` insonlar doimo barhayot” deb nomlangan xotira kechasi o`tkazildi. AKM direktori S.Axmedova so`zga chiqib, adibning hayoti va ijod yo`li, u tarixiy oʻtmishga murojaat etganida ham, zamonaviy mavzularda qalam tebratganida ham ibratli voqealarni tasvirlashga, zamondoshlarining, ayniqsa, yosh avlodning dunyoqarashi va axloq odobini shakllantirishda katta ahamiyatga ega boʻlgan masalalarni koʻtarishga intilganligi, shu maqsadda hamma uchun tushunarli, ommabop til va uslubda, masal, rivoyat, qoʻshiq singari xalqchil janrlarda asarlar yozishga alohida eʼtibor berganligi haqida gapirdi. Kechada akademik, adabiyotshunos olim Naim Karimovning “XX asr adabiyoti manzaralari” kitobining targ`iboti olib borildi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …