Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
30 сентября 2026 г.
“Bilim yo’lida fidoyi qalblar”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-sentabr, 2026-yil

 

📚 O’qituvchilik kasbi eng mashaqqatli, ammo eng sharafli kasblardan biridir. O'qituvchi-ulug' zot, u bilimidan hammani baxramand etuvchi inson.  Birinchi sinfimizdan qo'limizdan tutib sinfxonasiga olib kirgan, qo'llarimizga qalam tutqazib yozishni, harfma-harf o'qishni o'rgatgan inson shu emasmi?
O‘qituvchi va murabbiylar kuni — bu

 

O‘zbekiston Respublikasida har yili 1-oktyabr kuni nishonlanadigan kasb bayrami bo‘lib, ta’lim-tarbiya sohasida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi va murabbiylarning mehnatini e’tirof etish maqsadida joriy etilgan. Bayram o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyat taraqqiyotidagi rolini e’tirof etish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.  Yosh avlodni ma’nan yetuk, tafakkur olami keng va bilimli insonlar etib tarbiyalayotgan o’qituvchi – murabbiylar timsolida, ertangi kunimizning porloq kelajagi o’g’il - qizlarimiz baxtini ko’ramiz.
Zangiota tumanida sana munosabati bilan “Bilim yo’lida fidoyi qalblar” nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy katta bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda tuman hokimi E.Rustamov yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari uchun fidoiy ta‘lim xodimlari va o‘qituvchilarini munosib taqdirlab, e‘tirof etdi. Taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo’shiqlar bayram qatnashchilariga hush kayfiyat bag’ishladi. Tadbir doirasida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ustozlar ta’limi-bizning kelajagimiz” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmaga qo’yilgan kitoblarning targ’iboti olib borildi.

 

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil