#Zangiota_tuman_akm
📆 28-avgust, 2026-yil
📚 O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturini ijrosini ta’minlash hamda "31-avgust - qatag‘on qurbonlarini yod etish" kuni munosabati bilan “Jadidlardan meros guliston” nomli xotira kechasi o’tkazildi. Tadbirda har bir millat va elatning o‘z tarixi borligi, tarix zamirida esa, milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg‘usi mujassam ekanligi, yetmish yildan ortiq davr mobaynida davom etgan sobiq sho‘ro tuzimi davrida xalqimizning ana shu tuyg‘usi toptalib tariximizni xolis o‘rganishga, milliy, diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga yo‘l qo‘yilmaganligi haqida ma’lumotlar berildi. Mamlakatimizda istiqlol yillarida tarixiy haqiqatni qaror toptirish, xususan, Vatanimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida qurbon bo‘lgan xalqimiz farzandlari nomini tiklash, ularning hayoti va faoliyatini o‘rganish, tadqiq va targ‘ib etishga qaratilgan keng qamrovli ishlar olib borilayotgani, bu yorug‘ va dorilamon kunlar yo‘lida qurbon bo‘lganlar ruhini shod etish, tinch-osoyishta zamonning qadriga yetish, shukronalik tuyg‘ularini his etish kerakligi ta’kidlab o’tildi. B.Sharipovning “Qor qo’ynida lolalar” va R.Shamsutdinovning “Istiqlol yo’lida shahid ketganlar” kitoblarining targ’iboti olib borildi. Tadbirda 18 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram
#Zangiota_tuman_akm
📆 17-sentabr, 2026-yil
📚 An’anaga muvofiq har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni qaror topishi, xususan, xalqimiz, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash kitobxonlik madaniyatini …
#Zangiota_tuman_akm
📆 16-sentabr, 2026-yil
📚 Respublikamizda yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning bilimini, ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludi kuni munosabati bilan “Allomaning boqiy timsoli” …
#Zangiota_tuman_akm
📆 15-sentabr, 2026-yil
📚 O’sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy madaniyati va savodxonligini shakllantirish maqsadida tumandagi 40-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Mening huquqlarim va burchlarim” mavzusida kitobxonlik soati o’tkazildi. Oquvchilarga bolalarning asosiy huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar berilib, qiziqarli savol-javob o’yini o’tkazildi. Bolalar uchun nashr etilgan “Huquq va men” …
#Туман_Ахборот_кутубхона_маркази_55_ёшда
КИТОБ БАРЧА БУНЁДКОРЛИК, ЯРАТУВЧИЛИК, АҚЛ-ИДРОК, ИЛМУ ДОНИШНИНГ АСОСИ, ҲАЁТНИ ЎРГАТУВЧИ МУРАББИЙДИР
Туман Ахборот-кутубхона маркази (авваллари турли номлар билан юритилган) ўзининг шонли 55 йиллигини нишонламоқда. Бу давр ичида бу ерда кўплаб фидойи кутубхоначилар одамларга зиё улашишди. Шу ўринда кутубхона ташкил этилгандан буён уни бошқарган Раъно Воҳидова, Абдураҳмон Асилов (1975-1980 …
#Zangiota_tuman_akm
📆 11-sentabr, 2026-yil
📚 Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlariga ko’maklashish hamda axborot-kutubxona markazi fondidagi eng sara adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Kitobxon millat — …
#Zangiota_tuman_akm
📆 10-sentabr, 2026-yil
📚 Mustaqilligimizning 35 yillik to’yi oldidan axborot-kutubxona markazi fondi o’zbek, rus va ingliz tillaridagi turli yosh toifasidagi kitobxonlarning qiziqishlari, bilim darajasi hamda ehtiyojlarini atroflicha hisobga olgan holda 1190 nushadagi yangi nashrlar bilan boyitildi. Ushbu kitoblarning targ’ibotini olib borish maqsadida “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi “Navro’z” mahallasi …