Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
6 августа 2024 г.
Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati
Kitob ko’rgazmasi
Kavsar Turdiyeva ijodi juda keng hisoblanadi.U sheʼriyatda, nasriy asarlarda, kinochilik sohasida,  oʻqituvchilar uchun darsliklarga  oid  asarlar ustida qalam tebrata olgan ijodkordir. Uning asarlari bolalar qalbining keng va begʻubor kengliklarini ochib berishga,  uning  nozik  ruhiy  qalb  kechinmalarini  tasvirlashga bagʻishlagan. Shoira tavalludi kuni munosabati bilan keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan “Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati” rukni ostida kitob ko’rgazmasi tashkil etilib,  ko’rgazmadan joy olgan “Sog’inchlar sochilgan bekatda” kitobining targ’iboti olib borildi.

12 мая 2025 г.
Mening sevimli adibim

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Mening sevimli adibim
Kitobxonlik soati
G’afur G’ulom tavalludi kuni munosabati bilan “Mening sevimli adibim” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi. Tadbirda tumandagi 36-maktabning o’quvchilari ishtirok etdilar. Unda akademik shoirimiz G’afur G’ulom o’zining she’riy, nasriy, ilmiy asarlari bilan o’zbek adabiyoti xazinasiga katta hissa qo’shganligi, uning asarlari yozuvchi yashagan davr …

Batafsil
8 мая 2025 г.
Xotira abadiy-qadr muqaddas

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Xotira abadiy-qadr muqaddas
Xotira kechasi
Bugun 14-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Kitob- qalb quyoshi” nomli faol kitobxonlar klubi a’zolari bilan o’tkazilgan  “Xotira abadiy-qadr muqaddas” nomli  kecha  O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning yorqin xotirasiga bag’ishlandi.  Tadbirda Muhammad Yusuf  o’zining qisqa, ammo mazmundor umri  va ijodiy faoliyati davomida boy …

Batafsil
7 мая 2025 г.
Kitobxonlik tanlovi

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitobxonlik tanlovi
1-Mintaqaviy hudud 22-son jazoni ijro etish koloniyasida o’tkazilgan “Kitobxonlik” tanlovi mahkumlarning ruhiy va ma’naviy rivojlanishiga hissa qo’shish maqsadida tashkil etildi. Tanlov mahkumlarni kitob o’qishga, fikrlashga va o’z ustida ishlashga undashi, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va ijobiy kayfiyatni shakllantirishga yo’naltirilgan. Ishtirokchilar o’qigan asarlari yuzasidan …

Batafsil
6 мая 2025 г.
Inson qadri ulug’ – xotira muqaddas

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Inson qadri ulug’ – xotira muqaddas
Tarbiyaviy soat
Yurtimizda 9 may-Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Hamma narsa inson uchun, uning manfaatlari uchun degan ezgu maqsad istiqlol yillarida hayotimizda mustahkam o`rin egalladi, izchil islohotlarning, yurtimiz mustaqil taraqqiyot yo`lining bosh yo`nalishi sifatida hamyurtlarimiz hayotida …

Batafsil
5 мая 2025 г.
Ijodi ham, hayoti ham ibrat

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Ijodi ham, hayoti ham ibrat
Davra suhbati
Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida  O’zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsin tavalludi kuni  munosabati bilan  “Ijodi ham, hayoti ham ibrat” nomli davra suhbati o’tkazildi.  Tadbirda adibning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar berildi. U ham she’riyatda, ham nasrda barobar qalam tebratib son – …

Batafsil
2 мая 2025 г.
Mo’jizalar olamiga sayohat

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Mo’jizalar olamiga sayohat
Davra suhbati
Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin doʻst va bebaho boylik hisoblanadi. Inson hayotida uning oʻrni muhim. Millatning maʼnaviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qoʻshgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Bugun …

Batafsil