Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
INFOLIB O’ZBEKISTON – 2025
Eng namunali oila kutubxonasi ko’rik-tanlovi
Respublikamizda o‘tkazilayotgan “INFOLIB O‘ZBEKISTON -2025” XIV Milliy axborot-kutubxona xaftaligi doirasida axborot-kutubxona markazida avval xabar berganimizdek turli mavzularda bir xaftalik tadbirlar o‘tkazildi. Bugun axborot-kutubxona markazida “Eng namunali oila kutubxonasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda hududlardan saralab olingan, xonadonida kutubxona tashkil etgan, farzandlari va nabiralariga kitob o‘qishga mehr uyg‘otib kelayotgan, oilada kitobxonlikni keng targ‘ib qilayotgan kitobsevar oilalar ishtirok etdilar. Oilalar uch shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchi oila boshliqlari bir-birlaridan o‘ta bilimli va kitobsevar ekanliklarini namoyish etdilar. Qatnashchilar tashkilotchilar tomonidan "Fazriy yorliq" va kitob jamlanmasi bilan taqdirlandilar.
“Eng namunali oila kutubxonasi” ko‘rik tanlovi bilan “INFOLIB O’ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona xaftaligining yopilish marosimi o‘tkazildi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 17-sentabr, 2026-yil
📚 An’anaga muvofiq har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni qaror topishi, xususan, xalqimiz, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash kitobxonlik madaniyatini …
#Zangiota_tuman_akm
📆 16-sentabr, 2026-yil
📚 Respublikamizda yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning bilimini, ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludi kuni munosabati bilan “Allomaning boqiy timsoli” …
#Zangiota_tuman_akm
📆 15-sentabr, 2026-yil
📚 O’sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy madaniyati va savodxonligini shakllantirish maqsadida tumandagi 40-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Mening huquqlarim va burchlarim” mavzusida kitobxonlik soati o’tkazildi. Oquvchilarga bolalarning asosiy huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar berilib, qiziqarli savol-javob o’yini o’tkazildi. Bolalar uchun nashr etilgan “Huquq va men” …
#Туман_Ахборот_кутубхона_маркази_55_ёшда
КИТОБ БАРЧА БУНЁДКОРЛИК, ЯРАТУВЧИЛИК, АҚЛ-ИДРОК, ИЛМУ ДОНИШНИНГ АСОСИ, ҲАЁТНИ ЎРГАТУВЧИ МУРАББИЙДИР
Туман Ахборот-кутубхона маркази (авваллари турли номлар билан юритилган) ўзининг шонли 55 йиллигини нишонламоқда. Бу давр ичида бу ерда кўплаб фидойи кутубхоначилар одамларга зиё улашишди. Шу ўринда кутубхона ташкил этилгандан буён уни бошқарган Раъно Воҳидова, Абдураҳмон Асилов (1975-1980 …
#Zangiota_tuman_akm
📆 11-sentabr, 2026-yil
📚 Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlariga ko’maklashish hamda axborot-kutubxona markazi fondidagi eng sara adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Kitobxon millat — …
#Zangiota_tuman_akm
📆 10-sentabr, 2026-yil
📚 Mustaqilligimizning 35 yillik to’yi oldidan axborot-kutubxona markazi fondi o’zbek, rus va ingliz tillaridagi turli yosh toifasidagi kitobxonlarning qiziqishlari, bilim darajasi hamda ehtiyojlarini atroflicha hisobga olgan holda 1190 nushadagi yangi nashrlar bilan boyitildi. Ushbu kitoblarning targ’ibotini olib borish maqsadida “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi “Navro’z” mahallasi …