Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
29 июля 2025 г.
O’ylab o’rganamiz

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
O’ylab o’rganamiz
Kitobxonlik kuni
Yoz-o’tmoqda soz. 19-maktab qoshida faoliyat olib borayotgan “Quyoshcha” nomli sog’lomlashtirish maydonchasida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari kitobsevar bolajonlar bilan “O’ylab o’rganamiz” nomli kitobxonlik soati o’tkazdilar. Bolalar bilan o’zbek xalq og’zaki ijodi namunalaridan topishmoqlar haqida suhbatlashdilar. Topishmoqlar bolalarning so`z boyligini oshirishi, doston va ertaklarda topishmoqlardan keng foydalanilishi, topishmoqlarda narsa yoki hodisaga o`xshatish, o`zaro qiyoslash, taqqoslash orqali, ular ba’zan nasriy, ko`pincha, she’riy shaklda bo`lishi haqida ma'lumotlar berildi. “Bilag’on bolajon”, “Ertaklar, maqollar, topishmoqlar”, “Bolalar uchun topishmoqlar” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi. O’z navbatida bolalar ham o’zlari biladigan topishmoqlarini tengdoshlariga aytib javobini birga topdilar. Tadbirda 14 nafar o’quvchi-yoshlar qatnashdilar.

17 сентября 2026 г.
"Onadan boshlanar kitob muhabbati"

#Zangiota_tuman_akm

📆 17-sentabr, 2026-yil
 

📚 An’anaga muvofiq har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni qaror topishi, xususan, xalqimiz, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash kitobxonlik madaniyatini …

Batafsil
16 сентября 2026 г.
“Allomaning boqiy timsoli”

#Zangiota_tuman_akm

📆 16-sentabr, 2026-yil
 

📚 Respublikamizda yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning bilimini, ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludi kuni munosabati bilan “Allomaning boqiy timsoli” …

Batafsil
15 сентября 2026 г.
“Mening huquqlarim va burchlarim”

#Zangiota_tuman_akm

📆 15-sentabr, 2026-yil
 

📚 O’sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy madaniyati va savodxonligini shakllantirish maqsadida tumandagi 40-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Mening huquqlarim va burchlarim” mavzusida kitobxonlik soati o’tkazildi. Oquvchilarga bolalarning asosiy huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar berilib, qiziqarli savol-javob o’yini o’tkazildi. Bolalar uchun nashr etilgan “Huquq va men” …

Batafsil
12 сентября 2026 г.
КИТОБ БАРЧА БУНЁДКОРЛИК, ЯРАТУВЧИЛИК, АҚЛ-ИДРОК, ИЛМУ ДОНИШНИНГ АСОСИ, ҲАЁТНИ ЎРГАТУВЧИ МУРАББИЙДИР

#Туман_Ахборот_кутубхона_маркази_55_ёшда

КИТОБ БАРЧА БУНЁДКОРЛИК, ЯРАТУВЧИЛИК, АҚЛ-ИДРОК, ИЛМУ ДОНИШНИНГ АСОСИ, ҲАЁТНИ ЎРГАТУВЧИ МУРАББИЙДИР

Туман Ахборот-кутубхона маркази (авваллари турли номлар билан юритилган) ўзининг шонли 55 йиллигини нишонламоқда. Бу давр ичида бу ерда кўплаб фидойи кутубхоначилар одамларга зиё улашишди.   Шу ўринда  кутубхона ташкил этилгандан буён уни бошқарган Раъно Воҳидова,  Абдураҳмон Асилов (1975-1980 …

Batafsil
11 сентября 2026 г.
“Kitobxon millat — buyuk kelajak”

#Zangiota_tuman_akm

📆 11-sentabr, 2026-yil
 

📚 Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlariga ko’maklashish hamda axborot-kutubxona markazi fondidagi eng sara adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Kitobxon millat — …

Batafsil
10 сентября 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 10-sentabr, 2026-yil
 

📚 Mustaqilligimizning 35 yillik to’yi oldidan axborot-kutubxona markazi  fondi o’zbek, rus va ingliz tillaridagi turli yosh toifasidagi kitobxonlarning qiziqishlari, bilim darajasi hamda ehtiyojlarini atroflicha hisobga olgan holda 1190 nushadagi yangi nashrlar bilan boyitildi. Ushbu kitoblarning targ’ibotini olib borish maqsadida “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi “Navro’z” mahallasi …

Batafsil