Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
3 февраля 2026 г.
Yol-yo’lakay kitob o’qiymiz

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yol-yo’lakay kitob o’qiymiz
Kitob targ’iboti 
Buyuk tamaddun kitob mutolaasi bilan uyg‘unlashadi. Barcha zamonlarda shunday bo‘lgan. Ilm-fanga oid qo‘llanmalar o‘quvchi bilimini oshirsa, badiiy asarlar inson ma’naviyatini shakllantirishga, boyitishga xizmat qiladi. O‘qish-o‘rganishga qiziqish ortsa, kitobxon aholi qancha ko‘p bo‘lsa, o‘sha jamiyat, davlat rivojlanib, takomillashib boraveradi. Bugun axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yol-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyuhasi doirasida targ’ibot tadbirlari davom ettirildi.  Unda aholi  bilan muloqat orqali yangi nashr etilgan kitoblar bilan tanishtirish bilan birga ularning qiziqishlari o’rganiladi. Bugun shunday tadbir “Nurafshon” mahallasida o’tkazildi. Mutaxassislar tomonidan bolalar va o’smirlar uchun “Odil hokim”, “Qarg’a bilan qo’zi” ertaklari, A.Obidjonning “Mo’ttivoymisan, Mittivoymisan?”, A.Eynshteynning “Tasavvurimdagi dunyo” kitoblari, katta yoshdagi kitobxonlar uchun A.Dyumaning “Jallod changalidagi oshiqlar”, M.Levining “Soya o’g’risi” kitoblari o’qish   uchun tavsiya qilindi.

2 июля 2026 г.
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#Zangiota_tuman_akm

📅 2-iyul, 2026-yil

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
 

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. …

Batafsil
2 июля 2026 г.
Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni

#Zangiota_tuman_akm

📅 2-iyul, 2026-yil

“Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni”
“Vatan ravnaqi-mutolaa bilan”

 

🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida reja asosida "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni munosabati bilan ochiq osmon ostida “Vatan ravnaqi-mutolaa bilan” nomli uchrashuv kechasi o’tkazildi.

📚 Unga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati Targ‘ibotchilar jamiyati …

Batafsil
1 июля 2026 г.
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#Zangiota_tuman_akm

📅 30-iyun, 2026-yil

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
 

🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan,  “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida "Nurafshon" mahallasida “Ma’rifatli avlod-mustahkam vatan!”  nomli  maʼnaviy- maʼrifiy …

Batafsil
30 июня 2026 г.
Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!

#Zangiota_tuman_akm

📅 30-iyun, 2026-yil

Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!
 

👥 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan,  “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Quvnoq” nomli sog’lomlashtirish …

Batafsil
29 июня 2026 г.
Yoshlar bilan porloq kelajak sari

#Zangiota_tuman_akm

📅 29-iyun, 2026-yil

“Yoshlar bilan porloq kelajak sari”

🏛 30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun yoshlarning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga …

Batafsil
29 июня 2026 г.
Jamiyat tarbiyachisi, islohotlar targ’ibotchisi

#Zangiota_tuman_akm

📅 29-iyun, 2026-yil
 

🗞 1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik …

Batafsil