Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
15 ноября 2024 г.
Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitobsevar millat
Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz
Kitob targ’iboti
Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida kitob targ’iboti davom ettirilmoqda. Bu tadbirni tashkil etishdan maqsad yangi nashr etilib kutubxonaga keltirilgan bolalar adabiyoti hamda  badiiy va turli mavzulardagi kitoblar bilan aholini  tanishtirish, ularni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri “Tokzor” mahallasida o’tkazildi.  Unda bolalar va o’smirlar uchun “Bola bilan kapalik”, “Ertaklar olami”, A.Obidjonning “Dardingni stadionga ayt”, F.Bernetning “Sirli bog’”, katta yoshdagi kitobxonlar uchun T.Sodiqovaning “Dildagi dur”, G.Stolesenning “Toabad senikiman”, K.Sindarovning “Kechikkan qasos” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi.

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil