Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
12 сентября 2025 г.
Atlas va adras – milliy qadriyatlarimiz jilosi

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Xon atlas festivali
Atlas va adras – milliy qadriyatlarimiz jilosi
Fleshmob
Atlas, adras, beqasam, shoyi kabi koʻzni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bagʻishlaydigan milliy matolarimiz butun dunyoga mashhur.  
“Atlas” so‘zi arab tilidan tarjima qilganda tekis, silliq degan ma’noni anglatadi. Alohida ishlov berib atlasga jilo beriladi. Shunga ko‘ra u tovlanib turadi. Atlasning tabiiy ipakdan to‘qilgan eng a’lo navi sakkiz tepkili xonatlas deb ataladi. Xonatlasning barcha siri uning tuzilish hamda to‘qilish usulidadir. “Xon atlas” festivali doirasida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari aholi gavjum joylarda bo’lib “Xon atlas — milliyligimiz timsoli” nomli fleshmob o’tkazdilar. Unda milliy kiyimlar, milliy urf-odatlar, milliy an’analar, milliy taomlar  haqidagi  savollarga to’g’ri javob bergan qatnashchilarga rag’batlantirish shaklida “A’lo” belgisi topshirilib, noto’g’ri javob berganlarga mavzu yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida 20 nafardan ortiq tumandoshlar bilan suhbat o’tkazildi. Milliyligimizga oid bilimlarni mustahkamlash uchun “Asriy an’analar davomchilari”, “O’zbekiston hunarmandchiligi durdonalari”, “O’zbek taomlari”, Zulfiyaning “Yana bahor keldi seni so’roqlab”, E.Vohidovning “O’zbegim”  nomli kitoblar o’qish uchun tavsiya qilindi.

2 июля 2026 г.
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#Zangiota_tuman_akm

📅 2-iyul, 2026-yil

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
 

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. …

Batafsil
2 июля 2026 г.
Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni

#Zangiota_tuman_akm

📅 2-iyul, 2026-yil

“Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni”
“Vatan ravnaqi-mutolaa bilan”

 

🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida reja asosida "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni munosabati bilan ochiq osmon ostida “Vatan ravnaqi-mutolaa bilan” nomli uchrashuv kechasi o’tkazildi.

📚 Unga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati Targ‘ibotchilar jamiyati …

Batafsil
1 июля 2026 г.
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#Zangiota_tuman_akm

📅 30-iyun, 2026-yil

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
 

🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan,  “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida "Nurafshon" mahallasida “Ma’rifatli avlod-mustahkam vatan!”  nomli  maʼnaviy- maʼrifiy …

Batafsil
30 июня 2026 г.
Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!

#Zangiota_tuman_akm

📅 30-iyun, 2026-yil

Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!
 

👥 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan,  “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Quvnoq” nomli sog’lomlashtirish …

Batafsil
29 июня 2026 г.
Yoshlar bilan porloq kelajak sari

#Zangiota_tuman_akm

📅 29-iyun, 2026-yil

“Yoshlar bilan porloq kelajak sari”

🏛 30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun yoshlarning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga …

Batafsil
29 июня 2026 г.
Jamiyat tarbiyachisi, islohotlar targ’ibotchisi

#Zangiota_tuman_akm

📅 29-iyun, 2026-yil
 

🗞 1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik …

Batafsil