Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
21 апреля 2025 г.
V-Respublika  KITOBXONLIK HAFTALIGI

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
O’ZBEKISTON-KITOBXONLAR YURTI
 V-Respublika  KITOBXONLIK HAFTALIGI
KITOBXONLIK -  MILLIY O’ZLIKNI ASRASH OMILI
Ma’naviy - ma’rifiy tadbir
BUYUK SALTANATNI TIKLADI TEMUR
Tarbiyaviy soati
21-27 aprel kunlari yurtimiz bo’ylab “O’zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostida V-Respublika  “KITOBXONLIK HAFTALIGI” bo’lib o’tishi haqida xabar bergan edik.  Bugun ana shu haftalik  doirasida o’tkaziladigan tadbirlarga start berildi. 
       Zangiota tumani axborot - kutubxona markazida ham   “KITOBXONLIK HAFTALIGI”ning  tantanali ochilish marosimi tuman ichki ishlar boshqarmasida bo’lib o’tdi.  “KITOBXONLIK -  MILLIY O’ZLIKNI ASRASH OMILI”  nomli  ma’naviy - ma’rifiy tadbirda badiiy adabiyotning inson hayotida tutgan o’rni, oilada kitobxonlik, farzandlarni kitobxon qilib tarbiyalash, bugungi kunda ko’p kitob o’qigan kitobxonning jamiyatda tutgan o’rni va ko’p kitob o’qib, ko’rik – tanlovlarda g’oliblikni hamda Prezident sovg’asi bo’lgan avtomobilni qo’lga kiritayotgan yoshlar  haqida fikr – mulohazalar bildirildi. Axborot- kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan yangi chop etilgan kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilinib, yig’ilganlar e’tiboriga o’qish uchun havola  qilindi. Tadbirda 70 nafar tuman ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirok etdilar.

     Kunning ikkinchi yarmida axborot-kutubxona markazida  Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatiga bagʼishlangan “BUYUK SALTANATNI TIKLADI TEMUR” mavzusida Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumi o’quvchi – yoshlari bilan tarbiyaviy soat bo’lib o’tdi. Tadbirda Amir Temur — dunyo tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, o‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini ekanligi haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir savol – javoblarga boy, jonli tarzda bo’lib o’tdi.  Mutaxassislar tomonidan L.Kerenning “Amir Temur saltanati”, K.Sindorovning “Temuriylar kutubxonasining siri”, D.Alpning “Sharqning eng buyuk hukmdori Temur”, M.Brionning “Menkim, sohibqiron – jahongir Temur” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi.  Tadbirda 36 nafar yoshlar ishtirok etdilar.

17 сентября 2026 г.
"Onadan boshlanar kitob muhabbati"

#Zangiota_tuman_akm

📆 17-sentabr, 2026-yil
 

📚 An’anaga muvofiq har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni qaror topishi, xususan, xalqimiz, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash kitobxonlik madaniyatini …

Batafsil
16 сентября 2026 г.
“Allomaning boqiy timsoli”

#Zangiota_tuman_akm

📆 16-sentabr, 2026-yil
 

📚 Respublikamizda yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning bilimini, ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludi kuni munosabati bilan “Allomaning boqiy timsoli” …

Batafsil
15 сентября 2026 г.
“Mening huquqlarim va burchlarim”

#Zangiota_tuman_akm

📆 15-sentabr, 2026-yil
 

📚 O’sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy madaniyati va savodxonligini shakllantirish maqsadida tumandagi 40-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Mening huquqlarim va burchlarim” mavzusida kitobxonlik soati o’tkazildi. Oquvchilarga bolalarning asosiy huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar berilib, qiziqarli savol-javob o’yini o’tkazildi. Bolalar uchun nashr etilgan “Huquq va men” …

Batafsil
12 сентября 2026 г.
КИТОБ БАРЧА БУНЁДКОРЛИК, ЯРАТУВЧИЛИК, АҚЛ-ИДРОК, ИЛМУ ДОНИШНИНГ АСОСИ, ҲАЁТНИ ЎРГАТУВЧИ МУРАББИЙДИР

#Туман_Ахборот_кутубхона_маркази_55_ёшда

КИТОБ БАРЧА БУНЁДКОРЛИК, ЯРАТУВЧИЛИК, АҚЛ-ИДРОК, ИЛМУ ДОНИШНИНГ АСОСИ, ҲАЁТНИ ЎРГАТУВЧИ МУРАББИЙДИР

Туман Ахборот-кутубхона маркази (авваллари турли номлар билан юритилган) ўзининг шонли 55 йиллигини нишонламоқда. Бу давр ичида бу ерда кўплаб фидойи кутубхоначилар одамларга зиё улашишди.   Шу ўринда  кутубхона ташкил этилгандан буён уни бошқарган Раъно Воҳидова,  Абдураҳмон Асилов (1975-1980 …

Batafsil
11 сентября 2026 г.
“Kitobxon millat — buyuk kelajak”

#Zangiota_tuman_akm

📆 11-sentabr, 2026-yil
 

📚 Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlariga ko’maklashish hamda axborot-kutubxona markazi fondidagi eng sara adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Kitobxon millat — …

Batafsil
10 сентября 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 10-sentabr, 2026-yil
 

📚 Mustaqilligimizning 35 yillik to’yi oldidan axborot-kutubxona markazi  fondi o’zbek, rus va ingliz tillaridagi turli yosh toifasidagi kitobxonlarning qiziqishlari, bilim darajasi hamda ehtiyojlarini atroflicha hisobga olgan holda 1190 nushadagi yangi nashrlar bilan boyitildi. Ushbu kitoblarning targ’ibotini olib borish maqsadida “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi “Navro’z” mahallasi …

Batafsil