#Zangiota_tuman_akm
📆 17-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan ochiq osmon ostida “Katta chinor”, “Keng kichik”, “Olmazor” mahallalari aholisi ishtirokida “Kitobxon ona-nurli xonadon” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir o’tkazildi.
Xalqimizda "Ayol oʻqisa — butun jamiyat savodli boʻladi, ona kitob oʻqisa — butun xonadon nurga toʻladi", degan ajoyib naql bor. Bu gap bejiz aytilmagan. Chunki bola dunyoni, eng avvalo, onaning koʻzlari bilan koʻradi. Ilk saboqni, ezgulik va odobni onaning allasi hamda u aytgan ertaklar orqali qalbiga singdiradi.
Tadbirda qaysi xonadonda onaning qoʻlida kitob koʻrinsa, oʻsha uydagi farzandlar ham kitobga doʻst boʻlib ulgʻayishi, kitob oʻqiydigan ona tarbiyalagan bola hech qachon yomon yoʻlga kirmasligi, el-yurtiga xizmat qiladigan komil inson boʻlib yetishi ta’kidlab o’tildi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan U.Abduazimovaning “Birini oy desam, birisi quyosh”, R.Shomansurovaning “Qizlar kitobi” F.Afro’zning “Tomchisini qizg’onmaydi ummoni borlar”, T.Drayzerning “Sarmoyador” kitoblarining targ’iboti olib borildi. Madaniyat bo’limi xanandalari ijrosidagi quvnoq kuy-qo’shiqlar yig’ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Tadbirda 65 nafar buvijonlar, onaxonlar va yoshlar ishtirok etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …