#Zangiota_tuman_akm
📅13-may, 2026-yil
🏛 Yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazi tomonidan ochiq osmon ostida “Ma’rifat sari ochilgan yo‘l” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📚 Mazkur tadbir davomida kitobxonlarga badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari keng namoyish qilindi. Ochiq havoda tashkil etilgan ushbu kutubxona kitobsevarlar uchun o‘ziga xos bilim va tafakkur maskaniga aylandi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlari qiziqqan kitoblar bilan tanishib, mutolaa jarayonida kitobning inson kamolotidagi o‘rni haqida fikr almashdilar. Ayniqsa, yoshlarning kitobga bo‘lgan mehrini kuchaytirish, ularni ilm-fan va ma’rifatga chorlashda bunday tadbirlarning ahamiyati beqiyosdir.Ochiq osmon ostidagi bo’lib o’tgan ushbu ma’naviy uchrashuv yig’ilganlarda iliq taassurot qoldirdi.Tadbir so’ngida kutubxonaga yangi xarid qilingan kitoblar targ’iboti ko’pchilikni kitobxon bo’lishga,kutubxonaga a’zo bo’lishga undadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-oktabr, 2026-yil
📚 O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida so‘lim tog‘lar bag‘ridagi “Parkent ijod uyi”da 16-17 oktabr kunlari tashkil etilgan “Adib va kutubxona” seminar-treningida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi xizmat rahbari G.Ayxodjayeva ham ishtirok etdi. Tadbir adabiyotning jonli nafasi, samimiy muloqotlar va adabiyotga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-oktabr, 2026-yil
📚 Bugungi kunda aholining ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Onalar millatning birinchi tarbiyachilari” mavzusida dildan davra suhbati o`tkazildi. Kitobxon …
#Zangiota_tuman_akm
📆 16-oktabr, 2026-yil
📚 Yo‘lda, tanaffusda, dam olish chog‘ida har bir bo‘sh daqiqani mutolaa uchun sarflash mumkin. Bir necha daqiqalik mutolaa ham inson qalbida yangi fikr, yangi bilim va yangi orzularni uyg‘otadi.“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi barchani kitob bilan do‘stlashishga, mutolaani kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylantirishga chorlaydi. Bugun 16-oktyabr …
#Zangiota_tuman_akm
📆 15-oktabr, 2026-yil
📚 Mixail Yuryevich Lermontov — rus adabiyotining Pushkindan keyingi eng yirik namoyandalaridan biri, shoir, nasrnavis, dramaturg va rassomdir. 15-oktabr-adib tavalludi kuni munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmadan joy olgan “Qora ko’zlar” kitobining targ’iboti olib borildi.
Sayt …
#Zangiota_tuman_akm
📆 15-oktabr, 2026-yil
📚 O’zbek adabiyotining ikki atoqli namoyondalari oʻzbek yozuvchisi, tarjimon Mirzakalon Ismoiliy hamda O’zbekiston xalq yozuvchisi, iste’dodli adib Hakim Nazir tavalludi kunlari munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “Ulug’ insonlar doimo barhayot” rukni ostida kitob ko’rgazmasi tashkil etilib keng kitobxonlar ommasi e’tiboriga havola etildi. Ko’rgazmadan joy olgan M.Ismoiliyning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …