Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
25 мая 2022 г.
“Vatanni sevishni shoirdan o`rganing” nomli xotira kechasi

Inson yuragi ham bir olam. Uning ham bahor va kuzlari, tong va tunlari, orom va zilzilalari bor. She’riyat yurak sadosi bo‘lganidan ana shu murakkab tuyg‘ular olamini ifoda qiladi. Shuning uchun ham bir she’rni o‘qib quvonsak, ko‘ksimiz surur va iftixor tuyg‘ulariga to‘lsa, ikkinchi bir she’rni o‘qib xayolga tushamiz, inson dardlariga oshno bo‘lamiz. Oʻzbek sheʼriyatida nozik didli, betakror koʻrish qobiliyatiga ega shoirlar koʻp. Shulardan biri xalqimizning suyukli farzandi Muhammad Yusufdir. Uning nomini eshitmagan, loaqal u yozgan she’rlarining bir satrini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz bo’lmasa kerak. Uning yozganlari nihoyatda dolzarb mavzuda o’ta jiddiy. Lekin xalq diliga juda yaqin va ravon tilda yozilardi. U qo’shiqlari bilan emas xalq dardini baralla aytgan yurt muhabbati hech kimga o’xshamagan misralarda ta’riflangan she’rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi. 2022 yil 25 may kuni Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi Zangiota tuman bo‘linmasi, tuman axborot-kutubxona markazi,  xalq ta`limi bo`limi, 39-sonli umumta`lim maktabi bilan hamkorlikda “Vatanni sevishni shoirdan o`rganing” nomli xotira kechasi bo`lib o`tdi. Kechada O`zbekiston yozuvchilari uyushmasi a`zosi, sevimli shoirimizning rafiqasi Nazira as Salom ishtirok etib, shoirning iliq xotiralari bilan bo`lishdi. O`quvchilar tomonidan she`r qo`shiqlar ijro etildi. kutubxona xodimlari tomonidan adibning hayot yo`li va ijodi haqida ma`lumotlar berilib, “Quyoshga qarab oqqan suv” hamda “Elimda alyorim qolur” nomli kitoblarining targ`iboti o`tkazildi.

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil