#Zangiota_bahor_8_mart_ayollar_bayrami 8-mart Xotin-qizlar bayrami go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi.Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. Ayol deganda ko‘z o‘ngimizda avvalo, ulug‘ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o‘rganadi. Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go‘zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Joriy yilning 7-mart kuni Zangiota tumani AKM hamda tuman madaniyat bo`limi bilan namkorlikda “Ayolga baxt bering, saodat bering!” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Kecha davomida AKMning faol kitobxonlari tomonidan onalarni madx etuvchi she’rlar, kuy -qo‘shiqlar ijro etildi. “Dunyoda tengi yo`q siymosan -Ayol” deb nomlangan kitob ko`rgazmasi tashkil etildi. Onani e’zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulug‘lasak, hayotimizning chirog‘i, umrimizning guli deb e’zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e’zozlagan bo‘lamiz. Tadbir ishtirokchilari kechadan so`ng kutubxonaga a`zo bo`lib, o`zlari qiziqqan kitoblardan o`qish uchun oldilar.
#Zangiota_tuman_akm
📅 5-may, 2026-yil
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari , tuman tashkilotlarining bir guruh xodimlari bilan birgalikda yurtimizning bebaho ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
🏛 Mazkur markaz nafaqat ulug‘ ajdodlarimizning ilm-fan, ma’rifat va tamaddun rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etuvchi maskan, balki yosh avlod …
#Zangiota_tuman_akm
📅 4-may, 2026-yil
🏛 Zangiota tumanida “9-may — Xotira va qadrlash kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Zangiota tumani hokimligi, tuman "Nuroniy" jamgʻarmasi, axborot-kutubxona markazi xodimlari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, avlodlar …
#Zangiota_tuman_akm
📅 4-may, 2026-yil
🏛 9-may - Xotira va qadrlash kuni - g‘urur va qayg‘u kunimiz, jang maydonlarida jasorat bilan kurashgan, front ortida sabr-toqat va qat'iyatlilik, mehribonlik hamda rahm-shafqat ko‘rsatgan zamonamizning xaqiqiy qahramonlariga har bir fuqarolarimiz tomonidan cheksiz minnatdorchilik bildirish kunidir. Inson xotirasi – muqaddas, inson qadri – ulug'. Xotira …
#Zangiota_tuman_akm
📅 1-may, 2026-yil
🏛 O‘zbek sheriyati va nasrining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, serbaraka ijodkor, shoir, dostonnavis, hikoyanavis, qissanavis, romannavis, bolalar shoiri, jurnalist, adib Mirmuhsin hamda O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi Iqbol Mirzo tavalludi kunlari munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “Xotira uyg’onsa go’zal” hamda “Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati” nomli kitob …
#Zangiota_tuman_akm
📅 1-may, 2026-yil
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida jurnalist, o’zbek matbuoti vakili Mirmuhsin tavalludining 130 yilligi munosabati bilan “Iqtidori noyob adib” nomli davra suhbati o’tkazildi.
📚 Tadbirda o'zbek xalqi tarixi, madaniyati, san'ati va adabiyoti qadim zamonlardan buyon sermazmun, serjilo va boy tafakkuri bilan boshqa xalqlar ma'naviyatidan ajralib turishi, sho’rolar …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-aprel, 2026-yil
🏛️ Mutolaa inson ma’naviyatini boyituvchi yo‘ldir. 2026-yil 30-aprel kuni tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasining navbatdagi soni o‘tkazildi. Loyiha doirasida mutaxassislar “Nurafshon” mahallasining gavjum ko‘chalari, jamoat transporti bekatlari va bog‘larda bo‘lib, yurtdoshlarimizga kutubxona fondiga yangi kelgan “Dunyo …