#kitob_mening_taqdirimda_loyihasi
#munavvar_oqshomlar_festivali
Bolalarga yoshlikdan o’zbek xalq ertaklaridan so’zlab berish bolalarda mehnatsevarlik, samimiylik, mehmondo’stlik kabi insoniy fazilatlarni hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat va ehtirom kabi tushunchalarni tarbiyalaydi. Bundan tashqari, buyuk allomalarimiz Alisher Navoiy, Forobiy, Abdulla Avloniy, Jaloliddin Rumiy kabi mutafakkirlarimiz bilan tanishtiramiz va ularning tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan fikrlar esa bola tarbiyasida asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Buning uchun esa avvalo oilada kitobxonlikni rivojlantirish eng muhim masala hisoblanadi. Shu munosabat bilan 2022 yil 6 iyun kuni Zangiota tumanida bo`lib o`tayotgan “Munavvar oqshomlar” festivali doirasida tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ochiq osmon ostida “Kitob mening taqdirimda” loyihasi asosida oilalar bilan davra suhbati bo`lib o`tdi. Yosh oilalar hayotlari davomida kitobning tutgan o`rni, o‘zlarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli xildagi kitoblarni xarid qilishlari, badiiy asarlarni qay darajada bilishlarini haqida suhbatlashdilar. Tadbirda so`ngida AKM xodimlari tomonidan “Sen meni hayotimni o`zgartirding”, “Boy ota kambag`al ota” va “Shuburshun va uning do`stlari” nomli kitoblar o`qish uchun tavsiya qilindi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 5-may, 2026-yil
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari , tuman tashkilotlarining bir guruh xodimlari bilan birgalikda yurtimizning bebaho ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
🏛 Mazkur markaz nafaqat ulug‘ ajdodlarimizning ilm-fan, ma’rifat va tamaddun rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etuvchi maskan, balki yosh avlod …
#Zangiota_tuman_akm
📅 4-may, 2026-yil
🏛 Zangiota tumanida “9-may — Xotira va qadrlash kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Zangiota tumani hokimligi, tuman "Nuroniy" jamgʻarmasi, axborot-kutubxona markazi xodimlari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, avlodlar …
#Zangiota_tuman_akm
📅 4-may, 2026-yil
🏛 9-may - Xotira va qadrlash kuni - g‘urur va qayg‘u kunimiz, jang maydonlarida jasorat bilan kurashgan, front ortida sabr-toqat va qat'iyatlilik, mehribonlik hamda rahm-shafqat ko‘rsatgan zamonamizning xaqiqiy qahramonlariga har bir fuqarolarimiz tomonidan cheksiz minnatdorchilik bildirish kunidir. Inson xotirasi – muqaddas, inson qadri – ulug'. Xotira …
#Zangiota_tuman_akm
📅 1-may, 2026-yil
🏛 O‘zbek sheriyati va nasrining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, serbaraka ijodkor, shoir, dostonnavis, hikoyanavis, qissanavis, romannavis, bolalar shoiri, jurnalist, adib Mirmuhsin hamda O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi Iqbol Mirzo tavalludi kunlari munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “Xotira uyg’onsa go’zal” hamda “Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati” nomli kitob …
#Zangiota_tuman_akm
📅 1-may, 2026-yil
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida jurnalist, o’zbek matbuoti vakili Mirmuhsin tavalludining 130 yilligi munosabati bilan “Iqtidori noyob adib” nomli davra suhbati o’tkazildi.
📚 Tadbirda o'zbek xalqi tarixi, madaniyati, san'ati va adabiyoti qadim zamonlardan buyon sermazmun, serjilo va boy tafakkuri bilan boshqa xalqlar ma'naviyatidan ajralib turishi, sho’rolar …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-aprel, 2026-yil
🏛️ Mutolaa inson ma’naviyatini boyituvchi yo‘ldir. 2026-yil 30-aprel kuni tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasining navbatdagi soni o‘tkazildi. Loyiha doirasida mutaxassislar “Nurafshon” mahallasining gavjum ko‘chalari, jamoat transporti bekatlari va bog‘larda bo‘lib, yurtdoshlarimizga kutubxona fondiga yangi kelgan “Dunyo …