Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
28 августа 2023 г.
“Seningdirman” nomli kitobi taqdimoti

🖋Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyot insonshunoslik, shoir va yozuvchilar inson ruhining muhandislaridir. Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib kelgan.
📚Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan, tuman hokimligi rahbarligida, madaniyat bo`limi bilan hamkorlikda aholiga ma`naviy ozuqa berish, ularni adabiyotga bo`lgan qiziqishini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” nomli bosh g‘oya ostida shoir Rustam Mirvohidning “Seningdirman” nomli kitobi taqdimotini o‘tkazildi. 
✅Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod, shoir Shavkat Odiljon, “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir Nikolay Ilin, O‘zbekiston xalq xofizi Erkin Ro‘zimatov hamda estrada xonandasi Shuhrat Daryo va  “Seningdirman” kitobi muallifi Rustam Mirvohidlar ishtirok etdilar.
Tadbirni Zangiota tumani hokimi o`rinbosari S.Nasirov ochib berdi. 
🖋 “Seningdirman” nomli she’riy to‘plam haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashish maqsadida, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod so`zga chiqdi. 
🖋Shundan so`ng, O‘zbekiston xalq hofizi Erkin Ro‘zimatov va xonanda Shuhrat Daryolar Rustam Mirvohid she`rlariga kuylagan qo`shiqlarini ijro etib, yig`ilganlarga hush kayfiyat ulashdilar. 
📎Kechaga kreativ tus berish hamda tadbir ishtirokchilarining adabiy bilimlarini sinab ko`rish maqsadida shoir ijodiga bag`ishlangan “Zakovat” intellektual o`yini o`tkazildi. G`oliblarga Rustam Mirvohidning “Seningdirman” she`riy to`plami muallif tomonidan sovg`a qilindi. 
📖Tadbirning asosiy qismida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi Katta referenti, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi  Tursunov Rustam Mirshohidovich ( shoir Rustam Mirvohid)ga so`z berildi. U o`zining hayot yo`li, ijodi, to`plamning yaratilish jarayonlari haqida yig`ilganlar bilan o`rtoqlashdi. 
📝So`z navbati, tadbir tashkilotchisi, axborot-kutubxona markazi direktori S.Axmedovaga berilib, Rustam Mirvohid sheʼrlarida joziba, oʻziga xos ohangrabo borligi, uning turli mavzularda yozgan gʻazal va sheʼrlari oʻquvchini mushohadaga chorlashi, shoir ijodida mumtoz adabiyot anʼanalariga muhabbat yaqqol sezilib turishi to`g`risida gapirib, taklifini rad etmay tumanimizga tashrif buyurgan mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi.

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil