Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoshlar uchun ming kitob loyihasi
Kitob-ma’rifat mash’ali
Kitobxonlik kuni
Yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi jahonda mashhur bo’lgan kitoblarni o’zbek tiliga tarjima qilish hamda shu orqali ularni zamonaviy ilm-fanning so’nggi yutuqlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi ayniqsa ahamiyatlidir. Ushbu loyihadan ko’zlangan maqsad 1000 ta eng sara va zaruriy kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilish va ommalashtirishdir.
Axborot-kutubxona markaziga dastlabki keltirilgan 27 nomdagi kitoblarning targ’ibotini olib borish maqsadida “Kitob-ma’rifat mash’ali” nomli kitobxonlik kuni o’tkazildi. Unda yoshlarga loyihaning ahamiyati, undan ko’zlangan maqsad haqida tushuntirish ishlari olib borildi hamda kutubxona mutaxassislari tomonidan E.Klafamning “Inson huquqlari”, Y.Dirining “Intellekt”, J.Gazulning “Ekologiya”, L.M.Prinsipening “Fandagi inqilob” kitoblarining targ’iboti olib borilib o’qish uchun tavsiya qilindi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 17-sentabr, 2026-yil
📚 An’anaga muvofiq har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni qaror topishi, xususan, xalqimiz, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash kitobxonlik madaniyatini …
#Zangiota_tuman_akm
📆 16-sentabr, 2026-yil
📚 Respublikamizda yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning bilimini, ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludi kuni munosabati bilan “Allomaning boqiy timsoli” …
#Zangiota_tuman_akm
📆 15-sentabr, 2026-yil
📚 O’sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy madaniyati va savodxonligini shakllantirish maqsadida tumandagi 40-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Mening huquqlarim va burchlarim” mavzusida kitobxonlik soati o’tkazildi. Oquvchilarga bolalarning asosiy huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar berilib, qiziqarli savol-javob o’yini o’tkazildi. Bolalar uchun nashr etilgan “Huquq va men” …
#Туман_Ахборот_кутубхона_маркази_55_ёшда
КИТОБ БАРЧА БУНЁДКОРЛИК, ЯРАТУВЧИЛИК, АҚЛ-ИДРОК, ИЛМУ ДОНИШНИНГ АСОСИ, ҲАЁТНИ ЎРГАТУВЧИ МУРАББИЙДИР
Туман Ахборот-кутубхона маркази (авваллари турли номлар билан юритилган) ўзининг шонли 55 йиллигини нишонламоқда. Бу давр ичида бу ерда кўплаб фидойи кутубхоначилар одамларга зиё улашишди. Шу ўринда кутубхона ташкил этилгандан буён уни бошқарган Раъно Воҳидова, Абдураҳмон Асилов (1975-1980 …
#Zangiota_tuman_akm
📆 11-sentabr, 2026-yil
📚 Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlariga ko’maklashish hamda axborot-kutubxona markazi fondidagi eng sara adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Kitobxon millat — …
#Zangiota_tuman_akm
📆 10-sentabr, 2026-yil
📚 Mustaqilligimizning 35 yillik to’yi oldidan axborot-kutubxona markazi fondi o’zbek, rus va ingliz tillaridagi turli yosh toifasidagi kitobxonlarning qiziqishlari, bilim darajasi hamda ehtiyojlarini atroflicha hisobga olgan holda 1190 nushadagi yangi nashrlar bilan boyitildi. Ushbu kitoblarning targ’ibotini olib borish maqsadida “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi “Navro’z” mahallasi …