Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz
Kitob targ’iboti
Mutolaa orqali insonning bilimi ortib, mantiqiy fikrlashi o‘sadi. Kitobning inson hayotidagi ahamiyati beqiyos bo’lib, u inson umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo’luvchi sodiq do’stdir.
Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan aholining, ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish maqsadida “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida targ’ibot tadbirlari davom ettirilmoqda. Bugun Zulfiyaning “Shabboda”, “Dunyo daholari” turkumida nashr etilgan “Albert Eynshteyn serqirra daho”, “Muhammad Ali barcha davrlarning eng buyuk bokschisi”, X.K.Tongarning “Baqirmaydigan onalar” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-aprel, 2026-yil
⚖️Erkin va adolatli jamiyat qurish uchun qonunga tayanishimiz va qonun ustuvorligiga erishishimiz lozimdir.
Chunki har qanday davlatning qudratli va mustahkam bo‘lishi, xalqining tinch va farovon hayoti amaldagi qonunlarning ustuvorligiga bog‘liqdir. SHunday qilib, huquq – davlat tomonidan belgilanadigan yoki ruxsat etiladigan va uning kuchi bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-aprel, 2026-yil
📚 Kitob insonning eng yaqin do‘sti, ishonchli maslahatchisi va tafakkurini charxlovchi bebaho manbadir. U insonni fikrlashga undaydi, dunyoqarashini kengaytiradi va ma’naviy kamolot sari yetaklaydi. Bejizga kitobni bilimlar xazinasi, tafakkur kaliti, ruhiyat ozuqasi deb atamaydilar.
🏛️ Zangiota tumani 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Farzandimga kitob …
#Zangiota_tuman_akm
📅 24-aprel, 2026-yil
👤 XIX asrning so‘nggi choragida o‘zbek adabiyotiga o‘zining dadil qadamlari bilan kirib kelgan va o‘chmas iz qoldirgan shoir Muhammad Yusuf o‘zining samimiy, sodda, betakror she'rlari va ijtimoiy yuki salmoqli bo‘lgan misralari bilan yarq etib ko‘zga tashlandi hamda xalqimiz qalbidan chuqur joy egalladi. Shoirning mustaqillik …
#Zangiota_tuman_akm
📅 24-aprel, 2026-yil
🏛️ Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning tafakkurini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Kitob – tafakkur chirog‘i, kelajak kalitidir!” nomli kitobxonlik kuni o’tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlari mutolaa qilgan asarlari yuzasidan fikr almashdilar, sevimli kitoblari haqida taqdimotlar …
#Zangiota_tuman_akm
📅 23-aprel, 2026-yil
🏛️ Yurtimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Sog‘lom, mustaqil fikrga ega, har jixatdan barkamol, intellyektual yetuk avlodni tarbiyalashni asosiy maqsad qilgan mamlakatimizda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, iste’dodlarini namoyon qilishga keng …
#Zangiota_tuman_akm
📅 22-aprel, 2026-yil
🏛️ Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kunini o‘tkazishdan maqsad – nodir va betakror yodgorliklarni asrab-avaylash, ularni umumbashariyat mulki sifatida kelajak avlodlarga yetkazish, O‘zbekistonning milliy, madaniy, tarixiy yodgorliklari, mamlakat yutuqlari bilan tanishtirishdan iborat. Bugun axborot-kutubxona markazida “Ziyoratgoh-imon e’tiqodga da’vatgohdir” nomli davra suhbati o’tkazildi.
…