Zangiota AKM
#men_sevgan_adib
Taniqli oʻzbek yozuvchisi Tohir Malik zamonaviy oʻzbek adabiyoti va oʻsmirlar ruhiyatini ochib bergan juda koʻp asarlari bilan xalqimiz qalbidan oʻrin olgan adabiyot namoyandasidir. Oʻzbek adabiy fantastikasining asoschilaridan biri, maʼrifat arbobi, „Doʻstlik“ ordeni va „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ faxriy unvoni sohibi.
Tohir Malikning yozuvchilik uslubi loʻndaligi, mantiqiyligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. Uning asar qahramonlari oʻziga xos yorqin obrazlar va maʼlum bir ajralib turadigan taqdirga ega kishilardir. Yozuvchi asardagi voqealarni koʻrsatib berishda har bir detaldan oʻrinli foydalanadi. Adib yozuvchilik nigohi bilan hayotning kulgili taraflarini asarlarida aks ettira olar edi. Yoshlar tarbiyasiga oid asarlari inobatga olinib, yozuvchiga “Maorif fidoyisi” unvoni berilgan, “Doʻstlik” ordeni va “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Joriy yilning 27 dekabr kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida adib tavalludi kuni munosabati bilan “Ko’ngil ko’shkidan joy olgan adib” nomli dildan suhbat o’tkazilib, “Ulug’ insonlar doimo barhayot” rukni ostida adibning sara asarlari yuzasidan kitob ko’rgazmasi keng kitobxonlar ommasi hamda tadbirga yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi. Yozuvchining “Umidimiz yulduzlariga” kitobining targ’iboti olib borildi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …