Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Ustoz adib
Davra suhbati
XIX asrning soʻnggi choragida tugʻilib, XX asrning oʻrtalariga qadar yashab ijod etgan Sadriddin Ayniy oʻzbek va tojik adabiyotlari taraqqiyotiga muayyan hissa qoʻshgan yozuvchidir. U mansub boʻlgan yozuvchilar avlodi xalq va jamiyat hayotidan uzoqlashib qolgan mumtoz Sharq adabiyotiga yangi toʻlqin berishga, uni yangi tarixiy davrning gʻoyalari bilan boyitishga intildi. Shu maʼnoda Sadriddin Ayniy va uning qalamkash birodarlari XX asrning 10-yillarida yangi tipdagi oʻzbek va tojik adabiyotiga poydevor qoʻydilar.
Sadriddin Ayniy bu davrdagi ijodi va tashkilotchilik faoliyati bilan oʻzbek jadidchilik harakati va jadid adabiyotining shakllanishida muhim ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirdi. Joriy yilning 15 aprel kuni Sadriddin Ayniy tavalludi kuni munosabati bilan Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Ustoz adib” deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda S.Ayniy hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar berilib, “Eski maktab” kitobining targ’iboti olib borildi. Tadbirda tumandagi 14-maktabning 7-sinf o’quvchilari ishtirok etdilar, kutubxona bo’ylab ekskursiya qilib o’zlari yoqtirgan kitoblarni o’qish uchun oldilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …