Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
21 октября 2022 г.
“Qadring baland bo`lsin, ona tilim”

#Zangiota_AKM
#Qadring_baland_bo`lsin_ona_tilim
Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo‘tabardir. So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida yangi bosqich boshlandi, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. 1989-yil 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilangani unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Shu kundan boshlab har yili xalqimiz bu bayramni o`zgacha shukuh ila kutadi. 21-oktabr Til bayrami munosabati bilan, joriy yilning 21 oktabr kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi, tuman Madaniyat bo`limi bilan hamkorlikda “Qadring baland bo`lsin, ona tilim” nomli ma`naviy-ma`rifiy tadbir  o`tkazildi. Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim” nomli kitob ko`rgazmasi tashkil qilindi. Tadbirda o`quvchilar tomonidan she`rlar yod olindi, madaniyat bo`limi xodimlari tomonidan kuy-qo`shiqlar ijro etilib, aholiga bayramona kayfiyat ulashildi.

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil