Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir
Zangiota tumani hokimi E.Rustamovning “M.Xorazmiy” mahallasida sayyor qabuli o’tkazildi. Fuqarolar o’z muammolari bilan bevosita murojaat qilib, ayrim muammolarga joyida yechim topdilar. Shuningdek bu qabulda tuman hokimi yoshlar bilan ham ochiq muloqat qildi, ularni fikr va tashabbuslariga quloq tutdi. Shu bilan birga “M.Xorazmiy” va “Bog’zor” mahallalarida ko’tarinki ruhdagi ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda sport, musiqa, kitobxonlik, yashlar tadbirkorligiga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir doirasida aholini kitobxonlikka jalb qilish, mahallalarda adabiy muhitni shakllantirish maqsadida axborot-kutubxona markazi tomonidan ikkala mahallada ham ochiq osmon ostida sayyor kutubxona tashkil qilinib, yangi nashr etilgan adabiyotlardan iborat bo’lgan kitob ko’rgazmasi keng aholi e’tiboriga havola qilindi. Yuz nafardan ortiq turli yoshdagi aholi qatlami qamrab olindi. Ular ko’rgazma uchun olib borilgan kitoblardan o’qish uchun oldilar va bugun bir necha fuqarolar farzandlari, nabiralari bilan kutubxonaga tashrif buyurdilar, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoit, qirq mingdan ziyod kitob fondi, electron ma’lumotlar bazasi bilan tanishib, farzandlari va o’zlariga o’qish uchun kitoblar oldilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …