Kitoblari yo’q xonadon – xuddi ruhsiz tanaga o’xshaydi. Oilada tarbiyaning barcha mezonlari shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyati ham shu maskandan boshlansa yaxshi samara beradi. Oilada ota-ona kitobga mehr qo’ygan bo’lsa bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand ham kitobga oshno bo’ladi, bunday bolalarning dunyoqarashi, fikrlash doirasi keng bo’ladi, xushmuomala, mehribon, boshqalarga iloji boricha yaxshilik qilishga urinadigan, har bir aytayotgan so’zi, qilayotgan ishini o’ylab bajaradigan, bir so’z bilan aytganda, o’zida barkamol shaxs xislatlarini namoyon qilishga harakat qiladigan ziyoli farzand bo’lib voyaga yetadi. Xalqimizning ajoyib udumlari, an’analari behisob. Ammo ular orasida bir an’ana borki, u haqda har qancha so’zlasang shunchalar oz. Sababi, eng yaqin do’st, eng zarur hamroh bo’lgan kitob, insoniyat kashf etgan ixtirolarning eng buyugi va eng qadrlisi, zamonlar o’tsa-da, o’z o’rnini hech nimaga bo’shatib bermagan mo’jizadir. An`anaga muvofiq dekabr oyining 17 sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi ham yuqoridagi fikrimizning yorqin dalilidir. Joriy yilning 17 dekabr kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida uy bekalarining bosh vaqtini mazmunli o`tkazish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish, oilalarda adabiy immunitetni shakllantirish maqsadida “Kitobxon ona – oila ma`naviyatining ko`zgusi” nomli kitobxonlik soati o`tkazildi. Tadbirga yig`ilgan onalar takror va takror o`qiydigan kitoblari, sevgan adabiy qahramonlari, ba`zilari o`qigan kitoblari ularni o`zgartirgani haqida jo`shib so`zladilar. Tadbir ishtirokchilari tomonidan “Men sevgan kitob” nomli o`zlari sevib o`qigan kitoblarining taqdimoti o`tkazildi. Taqdimot o`tkazgan onalar orasida Nasiba Ubaydullayeva tomonidan o`tkazilgan Toxir Malikning “Odamiylik mulki” kitobining taqdimoti yig`ilganlarda katta taassurot uyg`otdi. Nasiba Ubaydullayeva “Eng faol kitobxon ona” deb topilib, axborot-kutubxona markazi direktori S.Axmedova tomonidan faxriy yorliq hamda kitob jamlanmasi bilan taqdirlandi. Tadbirga yig`ilgan ayollar kutubxona fondidagi adabiyotlar, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, o`zlari qiziqgan kitoblardan o`qish uchun oldilar.
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Ta’tilda birgalikda kitob o’qiymiz
Mutolaa soati
Tumandagi 39-boshlang’ich maktabida tashkil etilgan “Qaldirg’och” nomli sog’lomlashtirish maydonchasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ko’chma kutubxona tashkil etilib, “Ta’tilda birgalikda kitob o’qiymiz” nomli mutolaa soati tashkil etildi. Jahon xalq ertaklaridan “Uyqudagi malika”, …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik!
Uchinchi renesans bunyodkorlari!
Ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir
Yoshlar yurtning kelajak taqdirini belgilab beruvchi asosiy kuchdir. Mamlakat taraqqiyoti yoshlar qo’lida. Yurtimizda har jabhada yoshlarga keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, o’z ustida ishlab yuqori natijalarga erishib yurtimiz bayrog’ini baland ko’tarib, tengdoshlariga o’rnak bo’layotgan …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Siz kelmasangiz biz boramiz
Mutolaa kuni
“Dolzarb 90 kun” loyuhasi doirasida tashkil etilayotgan tadbirlar o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, kasb-hunar o’rganishlari, kitob o’qib o’z bilim va dunyoqarashlarini oshirishlari uchun ayni palla hisoblanadi. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan barkamol avlod bolalar maktabi qoshida tashkil …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
O’ylab topilgan yakun
Kreativ tadbir
Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktablar qoshida tashkil etilgan sog’lomlashtirish maydonchalarida ko’chma kutubxona tashkil etilib, “Yozgi ta’til va kitob - eng yaxshi do’stlik” shiori ostida tadbirlar o’tkazilmoqda. “O’ylab topilgan yakun” nomli kreativ tadbir …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Jajji jurnalist
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
27-iyun “O‘zbekiston Respublikasi matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan tumandagi 14-maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan “Kelajak yulduzlari” nomli sog’lomlashtirish maydonchasida “Kitob-qalb quyoshi” nomli faol kitobxonlar klubi a’zolari bilan birgalikda “Jajji jurnalist” nomli …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Ertakli kun
Kitobxonlik soati
Bolalar adabiyoti jajji bolajonlarning ichki dunyosini, ularning his-tuyg’ularini, fel-atvorlarini ochib berish bilan ularni hayajonlanishiga, qahramonlarning xatti -xarakatlarini baholashga va uni muhokama qilishga o’rgatadi. Badiiy asarlarning eng yaxshi namunasi bolalarda axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga, yaxshi-yomon, haq-nohaq, rost- yolg’on so’zlarning …