#Zangiota_tuman_akm
📅 23-iyun, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yillik to’yi oldidan: “Xorazmiy” mahallasida “O’zbekiston-kitobxonlar yurti” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining qutlug’ 35 yillik to’yi arafasida “Xorazmiy” mahallasida aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ’ib qilish maqsadida “O’zbekiston-kitobxonlar yurti” mavzusida ko’tarinki ruhdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📚 Tadbir davomida kutubxona mutaxassislari va mahalla faollari tomonidan Mustaqillik yillarida yurtimizda kitob va kitobxonlikka qaratilayotgan yuksak davlat e’tibori, Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Milliy kitobxonlik harakati”ning mazmun-mohiyati haqida so’z yuritildi.
Mahalladoshlarimiz va yoshlar bilan samimiy muloqot tarzida o’tgan suhbatda:
- Kitobning inson ma’naviyatini shakllantirishdagi o’rni;
- Nima uchun O’zbekiston chin ma’noda “Kitobxonlar yurti”ga aylanayotgani;
- Oilada farzandlarni kitobga qiziqtirish sirlari haqida qizg’in fikr almashildi.
Tadbir doirasida yangi badiiy adabiyotlar ko’rgazmasi ham tashkil etilib, ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan asarlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’ldilar.
Eng ulug’, eng aziz bayramimiz – Mustaqillik to’yiga ma’naviy tuhfalarimiz davom etadi. Yurtimiz hamisha ma’rifatli, kitobxonlar yurti bo’lib qolsin!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram
#Zangiota_tuman_akm
📅 2-iyul, 2026-yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. …
#Zangiota_tuman_akm
📅 2-iyul, 2026-yil
“Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni”
“Vatan ravnaqi-mutolaa bilan”
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida reja asosida "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni munosabati bilan ochiq osmon ostida “Vatan ravnaqi-mutolaa bilan” nomli uchrashuv kechasi o’tkazildi.
📚 Unga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati Targ‘ibotchilar jamiyati …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-iyun, 2026-yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida "Nurafshon" mahallasida “Ma’rifatli avlod-mustahkam vatan!” nomli maʼnaviy- maʼrifiy …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-iyun, 2026-yil
Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!
👥 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Quvnoq” nomli sog’lomlashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 29-iyun, 2026-yil
“Yoshlar bilan porloq kelajak sari”
🏛 30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun yoshlarning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga …
#Zangiota_tuman_akm
📅 29-iyun, 2026-yil
🗞 1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik …